O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


m о d d a. Daromadlar va xarajatlami hisobga olish



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə89/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98
BUXG KITOBLARI

m о d d a. Daromadlar va xarajatlami hisobga olish

Daromadlar va xarajatlar, to'langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, qaysi davri taalluqli bo'lsa, o'sha hisobot davrida aks ettiriladi. .

  1. m о d d a. Xususiy kapitalni hisobga olish

Xususiy kapital - ustav kapitali, qo'shilgan, zaxira kapi tali dan, hamda taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Ustav kapitali - ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalaming (pul ifodasida) yigindisi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo'shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra belgilanadi va hisobga olinadi.
Qo'shilgan kapital aksiyalami nominal qiymatidan baland narxiarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog'ida hosil bo'ladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg'arilganini ifodalaydi va mulkdorlaming qaroriga binoan ustav kapitaliga qo'shilishi mumkin.

  1. m о d d a. Garovni hisobga olish

0‘zining yoki o'zgalaming majburiyatlarini ta’minlash uchun garovga berilgan mol-mulk qiymati, shu jumladan, pul mablag'lari korxona tomonidan boshqa aktivlardan alohida hisobga olinadi.
Garovga olingan mol-mulk qiymati, garov sifatida qabul qilib olingan pul mablaglari va valuta boyliklari qiymati alohida balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.

  1. m о d d a. Moliyaviy hisobot

Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tuziladi.
Moliyaviy hisobot quyidagilami o‘z ichiga oladi:

  • buxgalteriya balansi;

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

  • asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot;

  • pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;

  • xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;

  • izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shaklda tuziladi.
Moliyaviy hisobotning taikibi va mazmunini 0‘zbekiston Respub- likasi Moliya vazirligi belgilaydi.


  1. Yüklə 2,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin