1000-«Materiallar» schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha aloqada bo‘ladi.
t/r
Muomalalar mazmuni
Schyotlar aloqasi
D
К
’ 1
Moddiy boyliklar mol yetkazib beruvchilardan keltirildi va schyoti akseptlandi
0110
6010
2
Keltirilgan materiallar uchun QQS hisobga olindi
6010
6410
3
Hisobdor shaxslar tomonidan materiallar sotib olindi va kirim qilindi
1010
4210
4
Moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun berildi
2010
1010
5
Moddiy boyliklar sotildi
9220
1010
6
Moddiy boyliklami inventarizatsiyasi natijasida kamomad yoki sifati buzilganligi aniqlandi
5910
1010
Kichik korxonalarda qabul qilingan va sarflangan materiallaming hisobi maxsus «Ro‘yxatga olish» vedomostlarida rasmiylashtiriladi. Materiallar xarajatlari to‘g‘risida ayrim korxonalarda har 10 kunda jdalolatnoma tuziladi va uni korxona rahbari tasdiqlaydi va barcha kirim, jchiqim jarayonlari bo‘yicha hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi. 1000-schyotining hisobi 2-vedomostda 5-jumal orderda yuritiladi.
KICHIK KORXONALARDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH HISOBI
Kichik korxonalarda ishchi va xizmatchilami ishga qabul qilish va bo'shatish korxonalar Ustavidan kelib chiqqan shartlar asosida yuritiladi. Ishchi va xizmatchilar doimiy ishga mehnat shartnomasi bilan qabul qilinadi. Doimiy ishchi va xizmatchilarga kichik korxonalaming umumiy majlisida belgilangan oylik stavkalar yoki tarif setkasi bo‘yicha ijobiy rastsenka asosida ish haqi hisoblanadi. Ish haqi hisobining analitik hisobi sanoat korxonalaridagidek tabel, naryad, raport asosida hisoblashish vedomostlarida yoki har bir xodimning ochilgan shaxsiy kartochkalarida uncha katta bo‘lmagan korxonalarda yillik jumallarda yuritiladi.