O’rta maxsus kasb-hunar ta’limida informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va unga qo’yiladigan talablar



Yüklə 43,26 Kb.
səhifə3/4
tarix16.05.2022
ölçüsü43,26 Kb.
#58164
1   2   3   4
13-seminar. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limida Informatika va axbo

3. Seminar ishni yakunlash. Seminar mashg’ulot mavzusi bo’yicha yakun yasaydi:

  • Seminar ish yuzasidan savollarga javob beradi;

  • Guruhlar ish natijasini tahlil qiladi;

  • Guruhlarning faolligini baholaydi;

  • Mustaqil ish yuzasidan maslahatlar beradi.

Savollar beradilar.


Tinglaydilar.

1-ilova Taqdimotni baholash mezonlari va ko’rsatkichlari





Guruhlar

Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari



Ma’lumotni aniq va to’liq yetkazilishi

Taqdimotni rasmiylashtirilishi

Misollar bilan tushuntirilishi


Jami




2

1

1



5

1










2













3













4













5













6













Seminar mashg’ulot yuzasidan savollar:
1. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan didaktik va elektron materiallar tayyorlash deganda nimani tushunasiz?

2. Pedagogik faoliyat jarayonida qo’llaniladigan metodlar qaysilar?




Adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni , Toshkent, 2020 yil 24-oktabr.



  1. Mavlonova R.A., To’rayev O.T., Xolikberdiyev K.M. - «Pedagogika» T., «O’qituvchi» - 2008.

  2. Mavlonova R.A., Vohidova N. “Ijtimoiy pedagogika”. T., 2009 y.

  3. Minavarov A. «Pedagogika» -. T, «O’qituvchi» 1996.

  4. Tursunov I.YU., Nishonaliyev U - «Pedagogika» -T. 1997.

  5. www.ziyonet sayti kutubxonasi.

Mavzu: O’rta maxsus kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan didaktik va elektron materiallar tayyorlash.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

OLIY, O‘RTA MAXSUS VA PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA TA’LIM JARAYONI HAMDA TARMOQ TASHKILOTLARI BILAN ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI UZVIYLIGINI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha turdosh oliy ta’lim hamda tarmoq tashkilotlariga biriktirish, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

a) oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

Belgilansinki, negizida texnikumlar tashkil etilayotgan ta’lim muassasalarida bugungi kunda tahsil olayotgan o‘quvchilar tegishli kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonini amaldagi dasturlarga muvofiq ushbu texnikumlarda yakunlaydi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) va tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda 2021-yil 1-oktabrga qadar hududlarga chiqqan holda, tashkil qilinayotgan texnikumlarning joylashuvi, o‘quv binolarining quvvatlari, o‘quv auditoriyalarining holati, adabiyotlar, zamonaviy asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgansin hamda belgilangan me’yorlarda ularni to‘liq shakllantirish choralarini ko‘rsin.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (A. Aripov) ikki hafta muddatda tashkil qilinayotgan texnikumlarga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlarini tasdiqlasin;

b) turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum 2-ilovaga muvofiq biriktirilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda:

texnikum bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish bo‘yicha tarmoq tashkilotlarida zarur shart-sharoitlar yaratilishi ustidan nazorat o‘rnatsin va amaliyot o‘tash grafiklarini ishlab chiqib, tasdiqlanishini ta’minlasin;

har yili 1-mayga qadar texnikum bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etsin hamda ular ijrosi bo‘yicha nazorat tizimini yaratsin;

har yili iyul-avgust oylarida texnikum bitiruvchilari uchun har bir tuman va shaharda ish beruvchilarni jalb qilgan holda yarmarkalar, shu jumladan “Karyera kuni” tadbirlarini o‘tkazsin, o‘quv yili davomida ishlab chiqarish tashkilotlarida tasdiqlangan reja-grafiklar asosida “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil qilsin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarining takliflari asosida mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan oliy ta’lim muassasalari hamda tarmoq tashkilotlariga biriktirilgan texnikumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar texnikum o‘quvchilari amaliyot o‘tkazadigan tashkilotlar, ulardagi ish o‘rinlari va yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirishni yo‘lga qo‘ysin;

v) texnikumlar bir oliy ta’lim muassasasi tizimidan boshqa oliy ta’lim muassasasi tizimiga 3-ilovaga muvofiq o‘tkazilsin;

g) Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi faoliyati tugatilsin va uning barcha mol-mulki, bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkazilsin. Bunda:

Jizzax viloyati, Forish tumani, Fayzobod ko‘chasi, 25-uy manzilida joylashgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga tegishli bino va inshootlar, hududi bilan birgalikda Jizzax davlat pedagogika institutiga ko‘p tarmoqli o‘quv markazi va amaliyot poligonini tashkil etish uchun beriladi;

Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumida tahsil olayotgan o‘quvchilar amaldagi ta’lim dasturlari asosida Jizzax axborot texnologiyalari texnikumida o‘qishni belgilangan tartibda tugatadi.

2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan tajribali professor-o‘qituvchilar va tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

oliy ta’lim muassasalari o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar (o‘qitish materiallari to‘plamlari, didaktik materiallar, praktikumlar, texnologik xaritalar, elektron resurslar, xorijiy o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, davriy nashrlar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, axborotnomalar hamda boshqalar) bilan ta’minlaydi;

oliy ta’lim muassasalari o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarda ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda bunga texnikum direktori va oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) shaxsan mas’ul hisoblanadi;

oliy ta’lim muassasalari o‘ziga biriktirilgan texnikumlar pedagog kadrlari uchun o‘z budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xorijiy professorlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda qisqa muddatli o‘quv-seminarlarni tashkil etadi;

texnikum direktori bir vaqtning o‘zida tegishli oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashi a’zosi hisoblanadi;

texnikumlar tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda texnikum hamda xorijiy davlatlardagi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali texnikumlarda qo‘shma dasturlar asosida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashni tashkil etadi;

texnikumlarda xalqaro standartlar (shu jumladan, Worldskills) asosida o‘quv-ustaxonalarini tashkil etish va o‘quvchilarni mazkur standartlarga muvofiq tayyorlash hamda kelgusida ishchi kasblar musobaqalarida ularning ishtirok etishini ta’minlash tegishli oliy ta’lim muassasalarining bevosita ko‘magi asosida amalga oshiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda mazkur bandda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalariga taqdimnomalarni kiritib borsin.

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) ikki oy muddatda quyidagi masalalarni puxta o‘rganib, Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin:

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda mehnat bozorida o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan real ehtiyojdan kelib chiqqan holda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra bosqichma-bosqich ko‘paytirish;

texnikumlar va kollejlarni o‘quv adabiyotlari, guruh jurnallari va boshqa davlat namunasidagi hujjatlar bilan ta’minlashni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmagan umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari bandligini ta’minlash maqsadida ularni texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitish;

2022-yil 1-yanvardan boshlab texnikumlar va kollejlar moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ma’muriy boshqaruv xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, shu jumladan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.

4. Huzurida texnikumlar va akademik litseylar bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari har yili 1-dekabrga qadar ta’limning keyingi bosqichini davom ettirmayotgan texnikum va akademik litsey bitiruvchilari ro‘yxatini ularning bandligini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga taqdim qilsin.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har yili 1-fevralga qadar respublikada eng ko‘p talab etiladigan o‘rta bo‘g‘in kadrlari ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar va lavozimlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda ushbu kasblar va lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilib borsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H. Toshkulov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.




Yüklə 43,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin