Ishlab chiqildilar: Alimatova K. Toshkent axborot texnologiyalar texnikumining
"Telekommunikatsiya va tabiy fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti texnika fanlari nomzodi,
“Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Po‘latov Sh.U.
1. O‘quv dasturiga qo‘yilgan umumiy talablar
O‘quv dasturining nomi
Raqamli kommutatsiya tizimlari
Аjratilgan soat
80
mavzular soni
20
Dasturning maqasadi
Kommutatsiya tizimlari tugunlarini qurish va tashkil qilish usullari bo‘yicha bilimlarni shakllantirish;
Ularni zamonaviy infokommunikatsion tizimlarda qo‘llanilishi; malakaviy xarakteristika talablariga mos keluvchi zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
O‘zlashtirish natijasi
-asosiy kommutatsiya tizimlari, abonent terminallari, kommutatsiya tizimlari asosiy tugunlarini qurilish va ishlash printsipi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish
- asosiy kommutatsiya bloklarini qurish bo’yicha malakaviy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Bilim
-raqamli kommutatsiya tizimlari xarakteristikalari.
-umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ida telefon aloqasini tashkil qilish printsipi;
-zamonaviy raqamli ATS strukturasi
-raqamli kommutatsiya tizimlari abonent komplekti asosiy funktsiyalari (BORSCHT)
-kommutatsiya turlari, asosiy afzallik va kamchiliklari
-statsionar telefon apparati konstruktiv xususiyatlari
-kommutatsiya maydonlari qurilish printsiplari
-raqamli kommutatsiya tizimlarida sinxronizatsiya printsipi
-raqamli kommutatsiya tizimlarida signalizatsiyani asosiy turlari
- kommutatsiya bloklarini qurish printsipi
Ko‘nikma
-kommutatsiya tizimlarini tashkil qilish algoritmini tariflash;
-turli raqamli tizimlar asosiy bloklari ishlash printsipini tariflash;
-ma’lum turdagi raqamli qurilmalarni qo‘llash effektivligini aniqlash;
-kommutatsiya maydonlari qurilishini ishlab chiqish;
-raqamli kommutatsiya tizimlari kommutatorlarini qurishni tashkil qilish.