Miya po‘stlog‘ida joylashgan analizator tolalari ma’lum bir ta’sirotni markazdan ishchi a’zolarga yoki aksincha, periferiyadan miya po‘stlog‘iga yetkazuvchan nerv tolalaridan tuzilgan o‘tkazuvchi yo‘llardan iboratdir. O‘tkazuvchi yo‘llar o‘z vazifasiga ko‘ra harakatchan orqa miya va sezuvchi neyronlardan tuzilgan, ularning hujayralari orqa va bosh miyaning kulrang moddasida, nerv tolalari esa miyaning oq moddasida joylashgan. Orqa miya va bosh miya o‘tkazuvchi yo‘llari Orqa miya bilan miya po‘stlog‘I o‘rtasidagi og‘riq va haroratni o‘tkazuvchi yo‘l – tractus spinothalamocorticalis uch neyrondan iborat. Birinchi neyron orqa miya tugunchalarida (ganglion spinalis) hamda bosh miya tugunchalarida joylashadi, ular periferik o‘simtalar – retseptorlar (sezuvchi nerv oxirlari) hosil qilib, teridan boshlanadi. Markaziy o‘simtalari esa orqa miyaning orqa shoxlari sohasida ikkinchi neyron bilan sinaps hosil qilib tugallanadi (tractus gangliospinalis). Ikkinchi neyron – orqa miya shoxlarining xususiy yadrosi (nucleus proprii)da joylashadi, ularning aksonlari comissura alba tarkibida qarama-qarshi tomonida kesishadi, orqa miyaning yon tizimchalar sohasiga o‘tib ko‘ruv do‘mbog‘iga (tractus sapinothalamicus) borib tugallanadi. Uchinchi neyron tanasi ko‘ruv do‘mbog‘i yadrolarida joylashib ko‘ruv do‘mbog‘i – po‘stloq o‘tkazuv yo‘li – tractus thalamocorticalis tarkibida miya po‘stlog‘ining orqa markaziy pushtasida tugallanadi. Shunday qilib, bu o‘tkazuvchi yo‘lga tugun, orqa miya, ko‘ruv do‘mbog‘i va miya po‘stlog‘i – tractus gangliospinothalamo corticalis deb nom berish mumkin. serebral qobiqning birlamchi somatosensor maydoni
tananing chap tomoni uchinchi tartibli neyron ikkinchi darajali neyron orqa kulrang shox orqa spinotalamik trakt orqa miya nervi
old spinotalamik trakt talamus orta miya medula tananing ong tomoni birlamchi tartibli neyron orqa miya Orqa miya tuguni – miya so‘g‘oni bilan miya po‘stlog‘I orasidagi chuqur sezgilarni o‘tkazuvchi yo‘l – tractus gangliobulbothalamo corticalis. Mushaklar, bo‘g‘imlar tarkibida joylashgan retseptorlarga propritseptiv (o‘z-o‘zini sezish) tuyg‘u yo‘li deb yuritiladi. Bu yo‘l ham uch neyron zanjiridan iborat.