Kirish
Hozirgi kunda zamonaviy fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida yuqori
malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston
taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Bu borada gidrologiya bakalavrlarini tayyorlash
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur ta’lim yo‘nalishining namunaviy o‘quv rejasida “O`rta
Osiyo gidrografiyasi” o‘quv fani umumkasbiy fanlarning tayanch gidrologik fanlar blokida
alohida o‘rin egallaydi. Bo‘lajak gidrologiya bakalavrlari ushbu fanni o‘rganish natijasida yer
yuzidagi gidrografik tarmoqlar, ularning shakllanish qonuniyatlari va O‘rta Osiyoning gidrologik
xususiyatlari hamda O`rta Osiyo gidrografiyasi haqidagi bilimlarni egallaydilar.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga Yer yuzining quruqlik va okeanlarga bo‘linishi,
Dunyo okeani va uning qismlari, materiklar, bosh suv ayirg‘ichlar, ichki va tashqi oqim
oblastlari, ularda shakllangan gidrografik tarmoqlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda O‘rta Osiyo
O`rta
Osiyo gidrografiyasi, suv ob’ektlari haqida umumiy nazariy bilimlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga
gidrosfera va uning tashkil etuvchilari - okeanlar,
dengizlar, daryolar, ko‘llar, yer osti suvlari, muzliklarga tavsif beruvchi O`rta Osiyo
gidrografiyasi fani haqida umumiy nazariy tushunchalar berish; materiklar O`rta Osiyo
gidrografiyasi, materiklarning yirik daryolari, ko‘llari, suv omborlari, muzliklari, qor qoplami va
antropogen gidrografik tarmoqlari haqida ma’lumotlar berish; O‘rta Osiyo daryolarining suv
rejimi va to‘yinish sharoiti, muzliklari, ko‘llari va boshqa suv havzalarining umumiy shakllanish
qonuniyatlarini o‘rgatish, suv ob’ektlariga gidrografik tavsif berish bo‘yicha malaka va tajriba
hosil qilishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: