Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti mezoni asosida quyidagi davrlashtirishni ko'rish mumkin:
1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi. (er. av. II ming yillik).
2. Er. av. VIII—HI asrlarda qadimgi Xitoy.
3. Xitoyda birmchi markazlashgan davlat-Sin imperiyasi (er. av. 221-207-yillar).
4. Qadimgi Xitoy I—III asrlarda.
Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko'p aniq davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mayjud. Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy yilnomalari, eng avvalo, Lu podsholigi davrida tuzilgan er. av. VIII—V asrlar voqealari yoritilgan Chun Syu yilnomasi muhim ahamiyatga ega. Chun Syu matni bilan an'anaviy ravishda uning muallifi qadimgi Xitoy faylasufl Konfusiya nomi bog'lanadi. Yilnomalar bilan yaqin bog'langan, eng avalo, Shan-shu (Shiszin-qo'shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadimgi Xitoy tarixiy asarlari janridir.
Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarining so'zlari mavjud. Bizgacha yetib kelgan Shan-shu matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin. Chunki bu manbaning ba'zi boblari keyingi davrlarga oid. Eramizdan avalgi I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar paydo bo'ldi. Bu asarlar Xitoy tarixnavisligida katta o'rin tutadi. Ana shunday asarlardan bin Sima Syanning (er. av. 105-90-yillar) Tarixiy yozishmalari edi. Bu asar qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti to'g'risida boy ma'lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni bayon qilishda kishilar faoliyatini bayon qilish usulini tanlaydi.
Sima Syanning tarixnavislik usulidan Xan tarixi muallifi Gu Garbiy Xan (er.av. 206-yil) sulolasining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi sulolalar tarixi nomini olgan janr asoschisi bo'lgan.
Xitoy tarixini arxeologik o'rganishda amalga oshirilgan ishlar muhim ahamiyatga ega. Arxeologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. av. Ill asr) topilgan.
An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o'ziga xos xususiyat: - Xitoy madaniyatining boshqa qo'shni madaniyatlardan Xitoy davlatchiligini kelib chiqishini afsonalarga bog'lab o'ta qadimiylashtirish ajralib turadi. Xitoy tarixini o'rganishni o'rta asrlarda Yapon olimlan boshlab berdilar Yaponiyada Xitoy tarixini barcha davrlari o'rganildi. Mashhur xitoyshunos olim Kaydzuka Sigeki Qadimgi Xitoy davlatlarim shakllanishiga oid kapital tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. Yevropada Xitoy tarixini o'rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann Sima Syanning Tarixiy yozishmalarini tarjima qila boshladi. Mashhur sharqshunos olim fransuz A. Maspero Qadimgi Xitoy nomli kapital asarini yaratdi. AQSHda XX asrning 60-yillari oxirida Qadimgi Xitoy tarixini o'rganish xalqaro jamiyati tashkil topdi. AQSHda Xitoy tarixini kelib chiqishi Xitoydan bo'lgan olimlar o'rganadi.
1933—1939-yillar fransuz Parro Mari shahri qoldiqlarini qazib bu yerda podsho Zimrilim saroyi (er.av.H ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan iborat xo'jalikdiplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922—1924-yillar ingliz olimi D.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, ma'buda Ningal ibodatxonalarini, podsho Ur-Nammu er. av. Ill ming yillik oxirida qurgan zikkuratni, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy-joylar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi.
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Yevropa va Amerika tadqiqotchilari bilan birgalikda Iraq olimlari arxeologik izlanishlarda ishtirok eta boshladilar. Iroq olimlari Eredu shahrini, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini ochdilar. XIX asrning 50—80-yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan yodgorliklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o'rganila boshlandi. Shu bilan birga Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigacha bo'lgan paleolit davri (Shanidar manzilgohi), neolit (Jarmo, Xassun manzilgohlari) yodgorliklari o'rganila boshlandi. XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator tadqiqotlarni nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar A. Almeted, A. L. Oppenxeym e'lon qildilar. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti: siyosiy tarix va davlat qurilishi; sharq davlatchiligining o'ziga xos xususiyatlari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; madaniyat va diniy e'tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar.
Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar muammolari yetarlicha o'rganilmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meyer fikricha har qanday sivilizatsiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga yetib ichki qarama-qarshiliklari tufayli halok bo'ladi, shundan so'ng bu sikl yana qaytariladi. Sharqda bu nazariya bo'yicha jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi. Shu sababli XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholanadi. G'arbdagi nazariyalardan yana biri tarixiy voqealarni bilish mumkin emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi natijasida Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotini tub muammolarini yechishga yordam berdi. Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni yozish kabi yo'nalishning ustuvor bo'lib qolishi bo'ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo'jalikni tashkil etish, shaharlarni shakllanishi va ular-ning o'rai va roli, hunarmandchiJik, savdo, ibodatxona xo'jaligi kabi qator muammolarga bag'ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo'ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va boshqalarning asarlari).
Mesopotamiya tarixini o'rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada o'rnashdi. XIX asrda u Germaniyaga ko'chdi. Yevropada fashizmning paydo bo'lishi ko'pgina olimlarni AQSHga ko'chishiga sabab bo'ldi. Bu yerda hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunosjik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo'yicha asosiy manbalar bu moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari hisoblanadi.
Er, av. Ш—I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma'lum. Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo'jalik inshootlari, san'at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesoptamiyadan, Misr, Baxrayn va Hindistondan er. av. III—II ming yilliklarga oid silindrsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muhrlar ko'plab topilgan.
Eng qadimgi hujjatlar (er.av. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o'qilmagan. Lagashdan er.av. III ming yillikka oid xo'jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.av. II ming yillikka oid ko'pgina xo'jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan.
Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.av. II ming yillikka oid Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. av. II ming yillikka oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. av. XII—XI asrlarga oid Ashshur shahri arxivi, er. av. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan er.av. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir.
Huquqiy hujjatlar Huquqiy hujjatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning ko'pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (er. av. Ill ming yillikning oxiri), er.av. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan; er.av. II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Eng katta qonunlar to'plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Er.av. II ming yillik o'rtalariga oid Osuriyaning yoki o'rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Diplomatik hujjatlar Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. av. XXIV asrga oid Lagash va Umma o'rtasidagi chegara janjali to'g'risidagi yozuv bizgacha yetib kelgan.
Er. av. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o'rtasidagi shartnoma, er.av. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.av. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to'g'risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir. Tarixiy mazmundagi yozuvlar Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining yozuvlari juda katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.av. XXIV asrga oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo'shni Umma bilan kurashi to'g'risida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar stelasi» deb atalmish yozuvidir. Er. av. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. av. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag'ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. av. XXIII asr) Elamga yurishlari to'g'risidagi yozuvbri va «Manishtun obeliski «da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko'payishi to'g'risida ma'lumot berilgan.
Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko'p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II ning Ashshurga xati», er.av. 714-yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlar yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma'lumot ber avchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.av. IV—III asarlarda paydo bo'ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi kohini), 3 qismli «Bobil va Xaldey tarixi»i to'fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan asari diqqatga sazovordir.
Bizgacha bu asarning parchalari o'rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma'lumotlar orqali yetib kelgan. Shumer-Akkad adabiy yodgorliklari Uruk podshosi Jmerkar to'g'risidagi epik poemalarda Shumerning ilk sulola davrida (er.av. Ill ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi. Shumer poemasi «Gilgamesh va Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo'lishi uchun kurashi to'g'risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to'g'risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan. Shumer, Bobil va Osuriya yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. av. II ming yillik boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |