O’rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi



Yüklə 43 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü43 Kb.
#127832
O’rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan bos


O’zbek yozuvi tarixi.

O’rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi.

Eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida Eron, O’rta Osiyo va boshqa o’lkalarda

oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli yodgorliklarda qayd etilishicha eramizdan

oldingi I-III asrlarda oromoy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari

ham ishlatilgan.

Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela boshladi.

Avesto, Xorazm, Sug’d, kushon, run, uyg’ur yozuvi va boshqa yozuvlar shular

jumlasidandir.

Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analari saqlab qolgan

yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug’d yozuvi qo’llanila boshlandi. Bu yozuv

taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asrning oxiri III asrning boshlarida Xorazm

shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi.

V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlarning O’rxun-Enisoy yozuvidan keng foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Enisey

daryosi qirg’oqlaridagi O’rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi

Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida

olimlar bu yodgorliklarni o’qiy olishmagan.

1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov

yodgorlikdagi yozuvlarni o’qishga muyassar bo’ldilar. O’rxun-Enisey yozuvi

turkiy xalqlarning eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi.

VII-VIII asrlarda O’rta Osiyo arablar tomonidan istelo qilindi. Shu davrdan

boshlab O’rta Osiyo jumladan o’zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalanila

boshlandi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalanildi.

Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo’lishi bilan birga, o’zbek tilining

tovushlarini to’la ifoda eta olgan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan ilg’or fikrli

kishilar arab alifbosi yuzasidan o’z fikrlarini bildirishga xarakat qilganlar.

Chunonchi, Bobur o’zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv

amaliyotda joriy qilinmadi.

1926-yil iyun oyida O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining lotin harflari

asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.

O’zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o’zbek alifbosiga

o’tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to’liq amalga oshirildi. Ammo bu

yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o’zbek yozuvi

yangi alifboga o’tish haqidagi yangi alifboga o’tish haqidagi qonun qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon qilinganidan so’nglotin yozuvi

asosidagi o’zbek alifbosi masalasini o’rtaga qo’ydi. Bu masala O’zbekiston

Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-

sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy

etish to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni amaliyotga joriy qilish

borasida qizg’in ishlar olib borildi. “O’zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni

xozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ularning shakllari yuzasidan fikr

mulohazalar paydo bo’ldi. Mana shular asosida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qarorga o’zgartirishlarning kiritilishi to’g’risida

qaror qabul qilindi.

.HUSNIXATGA O’RGATISHNING GRAFIK

ASOSLARI.

Hozirgi yozuv shriftiga tavsif. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek

alifbosida 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi mavjud. Bu harflar turli xil katta va

kichik yozma va bosma shakllarga ega. Yozma harflar quyidagi xususiyatlarga

ega.

harflar bosmasdan yozishga mo’ljallangan;



______________________

Bu alifbo Y.Abdullayevning “Hamroxim” qo’llanmasida berilgan.

-

- harflar qo’l uzmasdan tutash yoziladi.



O’zbek alifbosidagi harflar yozilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Yozma kichik harflar:

1. Ikki chizig’ oralig’iga yoziladigan harflar:


a, e, i, m, n, o, r, s, u, v, x, o’, sh, ch.

2. Ikki chizig’ning yuqorisiga ko’tarilib yoziladigan harflar:

b, d, k, l, t, h.

3. Chiziqdan pastga tushib yoziladigan harflar:

g, q, j, p, y, g’, ng.

4. chiziqdan yuqori va pastga tushurilib yoziladigan harflar:f.

Yozma bosh harflarning hammasi chiziqdan yuqorida yoziladi.

Yozma kichik harflar tutashtirilishiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi.

1.Yuqori kesishishdan tutashtiriladi: o, o’, v

2. Pastki kesishishdan tutashtiriladi: a, d, e

3. O’rta qismidan kesishishdan tutashtiriladi: b, f, g, j

Yozma bosh harflar tutashtirilishiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi.

1. Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar

2. Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar

Yozma kichik va bosh harflarning qator oralig’ining qayeridan boshlanib

yozilishiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi.

1. Qator oralig’ining ustki chizig’idan boshlanib yoziladigan harflar.

2. Qator oralig’ining ostki chizig’idan boshlanib yoziladigan harflar.

Kichik yozma harflar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi.

a) qator oralig’ining ustki ustki chizig’idan boshlanadigan harflar.

i, j, m, n, p, t, u, v, y, ng.

b) qator oralig’ining ustki chizig’ining pastidan boshlab yoziladigan harflar.

a, g, o, q, r, s, x, z, g’, o’, sh, ch, b, d, e, h, k, l

Bosh yozma harflar esa quyidagi guruhlarga bo’linadi:


Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar:

B, D, E, F, G, H, J, K, O’, I, O, P, Q, R, S, T, U, V, Z, Y, Z, G’, SH, CH,

Pastdan boshlab yoziladigan harflar:

A, I, M, N

Hozirgi alifbodagi harflarni quyidagi unsurlari asosida guruhlash mumkin

- y g g’ j

- b f h k l

m n v k


- - a r u y

- - a q g o’ g’ ch E

- - n m i

- - t d U M

- -R F B T P

- -J H K Y G G’

- -x p

Kichik harflar va ularning tutashtirilishi. Alifbodagi harflar yozilish shakliga

ko’ra

- a r u y



- n m i

- t d U M

- R F B T P

J H K Y yo’zma harflar va bosma harflar deb ikki turga ajratiladi.

Bularning har biri yozilish shakli va qo’llanish o’rni jihatidan kichik harflar va

bosh (katta) harflarga bo’linadi.

Yozma harflar, odatda, qo’lda yoziladi, bosma harflar esa, asosan, yozuvga
oid texnika vositasida, shuningdek, qo’lda ham ifodalanadi.

Kichik va bosh bosma harflar rasmiy ma’qullangan shaklda bir-biriga

tutashtirilmay, tik yoziladi. Yozma harflar esa o’ng tomonga 75 -80 daraja qiya

qilib tutashtirib yoziladi. Kichik harflar o’ng va chap tomonidan, bosh harflar esa

o’zidan keyingi harf bilan tutashadi.

So’zda yozma harflar bir-biri bilan tutashtirilib, bir butunlik zanjir hosil

qiladi. Ammo bu zanjir so’zlarda imlo belgilari (tutuq, kochish belgilari,

chiziqcha) bolgan o’rinlarda uziladi, qol harakati to’xtab, belgilar qo’yilgandan

keyin harakat davom etadi.

Mazkur belgilarni so’zni yozish jarayonida qo’yib borish, harflarning ustiga

qo’yiladigan ishorani esa so’zni yozib bo’lgandan keyin, uni o’qib turib qo’yish

tavsiya qilinadi.

Yozma bosh harflarda qo’l harakati kichik harflarni yozishga nisbatan

ko’proq uziladi: ayrim harflarga unsurlari qo’shiladi va hokazo.

Lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosidagi yozma kichik va bosh

harflar yozuvda bir-biri bilan tutashtirilishi jihatidan ikki guruhga ajratiladi:

- tarkibida tutashtiruvchi unsuri bo’lgan harflar;

- tutashtiruvchi unsuri bo’lmagan harflar (Bunday harflarga

tutashtiruvchi unsur yozuv jarayonida qo’shiladi).

Tutashtiruvchi unsurli kichik harflar o’zidan keyingi harf bilan qayeridan

tutashtirilishiga kora uch guruhga bolinadi:

a) ustki qismidan tutashtiriladigan harflar: o, o‘, v (bunday ikki chiziq

(asosiy chiziqlar) orasiga yoziladigan harflarning bo’yi 4 mm f,g, j, p, y, g, ng, eni

3 mm bo’ladi);

b) o’rta qismidan tutashtiriladigan harflar: b, (ikki chiziqdan yuqoriga

ko’tarilib yoziladigan harflaming bo’yi 8 mm, pastga tushadiganlari 7 mm, f ning

bo’yi esa 11 mm bo’ladi).

v) ostki qismidan tutashtiriladigan harflar:


14

a, d,e, k, i, h, l, m, n, r, t, u, x, z, sh, ch; g,j,p,q,g‘, y,q,ng.

Harflarni tutashtirib yozish deyilganda, odatda, kichik va bosh harflarning

o’zidan keyingi harfga - o’ng tomonidagi harfga tutashtirilishi nazarda tutiladi.

Aslida esa harflar yozuvda har ikki tomonidan ham tutashadi. Bunga erishish

uchun, ayniqsa, kichik harflarni shakllantirishda chizilgan chiziq ustidan qol

harakatini davom ettirib, tutashuvchi nuqtagacha olib borish kerak boladi. Quyida

bu ishlar qanday amalga oshirilishi togrisida to‘xtalamiz.

1. Ostki qismidan tutashtiriladigan harflar o’zidan oldingi va keyingi harflar

bilan (bundan z, r, x, s mustasno) quyidagicha tutashtiriladi, misollar:

ma, tni, me, mu, ek, el, lekin, gul, jiyda, yil, g ‘alla, tenglik

2. Unli harflar o’zidan keyingi, z, r, x, s harflarining yuqori qismiga

tutashtiriladi; tutashtirish jarayonida z, r harflarining yuqori qismida tugunchak

hosil qilinadi:

azim, iz, ez, uz, oz, o ‘z, ari, iri, erka, or, ur, o ‘ra, xo ‘roz

Mazkur harflarni s bilan tutashtirishda tutashuvchi harfning unsuri bilan s

ning yuqori qismi tutashtirilib, so’ng uning etak qismi chiziladi: asta, is, usta, es;

os, o ‘s, asta.

3. q,o‘,v harflari- yuqori qismidan tutashtiriladigan harflar o’zaro hamda

o’zidan keyinga ostki qismidan tutashtiriladigan harflarning ustki qismidan

tutashtiriladi: ovoz, ana, ovchi, ovora, omad, o’sma, oila, ojiz, o’gil, o’q, oy,

oppoq.


4. q, o’, v harflari ikki chiziq yuqorisiga ko’tarilib yoziladigan harflardan

oldin kelganda bu harflarning o’rtasiga tushtiriladi: odam, ohu, okean, olmoq, o’t,

obbo, ofarin

5. v dan oldin a, i, e, u harflari kelganda v ning ostki qismiga tutashtiriladi,

misollar: avval, evi bilan, uvol; q, o’ harflari esa yuqori qismiga tutashtiriladi: ov,

ovcharka

Harfni ko’rish - o’qishda avval uning yuqori qismiga ko’z tushadi. Ana shu

holni e’tiborga olib, harflami tutashtirishda imkoniyat bo’lgan o’rinlarda ularning

yuqori qismidan emas, ostki qismidan tutashtirishga, harfning yuqori qismida

chiziqchalarning imkoniyat bor darajada oz bo’lishiga ham e’tibor berish zarur.

Bosh harflarning tutashtirilishi.Yozma bosh harflarning bo’yi 8 mm bo’lib, ular

o’zidan keyingi kichik harflar bilan tutashtiriladi.

Bosh harflar o’z tarkibida tutashtiruvchi unsuri bor yoki yoqligiga ko’ra ikki

guruhga bolinadi:

tutashtiruvchi unsurli bosh harflar;

tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar. (Tutashtiruvchi unsursiz bosh

harflarga yozish vaqtida unsur qo’shiladi).

Tutashtiruvchi unsurli bosh harfl, ar: A E, G, H, L, J, L, I, M, Q, R, U, X,

Y,Z, E,Sh, Ch (ng harf birikmasining yozma bosh shakli o’zbekcha so’zlarda

qollanmaydi: bu tovush bilan so’z boshlanmaydi, ba’zi chet so’zlarda ikki mustaqil

fonemani bildiradi: Ngiliy);

Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar:

B, D, F, N, O, P, S, T, V,O‘

Bosh harflar qaeridan tutashtirilishiga ko’ra ikki turga bolinadi:

o’rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar:

A,L, Y,J, G,G‘ - pastki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar:

E. B, D, F, H, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, X, Z, O‘, Sh, Ch

1. O’rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar o’zidan keyingi ikki chiziq

orasiga yoziladigan harflarning ustki qismidan tutashtiriladi, misollar:

Anzirat, Iso, Yulduz, Gulnoz, G ‘ulom

Bu harflar ikki chiziqning yuqorisiga ko’tariladigan harflarning o’rtasiga

tutashtiriladi:

Akbar, Ilyos, Ikrom, Adham, Abdulla, Idriz, Alixon, Ahmad, Abdullayev,
Afandi

O’rta qismidan tutashtiriladigan harflar z, r, x, s harflarining chap

tomonidagi chiziqqa tutashtiriladi:

Aziza, Arofat, Izzat, Asom, Islom

2. Ostki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar ikki chiziq orasiga

yoziladigan harflarning ostki qismidan tutashtiriladi:

Omon, Vasila, Hakim, Tohir, Kamol, Lobar, Muhiddin, Qumri, Rahima,

Ulfat, Xadicha, Bobur, Dilbar, Farhod, Nafisa, Olimjon, Po’lat, Sobir, O‘lmas,



Zayniddin
Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin