G. oʻrganiladigan suv havza (obʼyekt)larining joylashishiga koʻra okean va dengizlar G.si (okeanologiya yoki okeanografiya), qurukdik G.siga boʻlinadi. Ayrim olimlar yer osti suvlari G.si (gidrogeologiya)"" alohida qism sifatida ajratadilar. Fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida G. atamasi kuruklik G.sining sinonimi sifatida ishlatiladi.

G. dastlab tabiiy geogr., gidrotexnika, geol., navigatsiyaning tarmogʻi sifatida rivojlandi va ilmiy bilimlar tizimi sifatida esa 20-asr boshida shakllandi.

Quruqlik G.si gidrografiya, gidrometriya, umumiy G., muhandislik G.si kabi oʻzaro bogʻliq boʻlimlardan iborat. Gidrografiya suv obʼyektlarining oʻrni, oʻziga xos xususiyatlari, geografik tarqalish qonuniyatlari hamda ulardan xalq xoʻjaligida foydalanish imkoniyatlarini aniqlab beradi.
Gidrometriya G.ning oʻlchov ishlarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalarni yaratish bilan shugʻullanadi. Umumiy G., odatda, daryolar gidrologiyasi (potamologiya), koʻl va suv omborlari G.si (koʻlshunoslik yoki limnologiya), qor va muzliklar

G.si (muzshunoslik yoki glyatsiologiya), botqoqlar G.si (botqoqshunoslik yoki talmatologiya)ni oʻrganadi. Muhandislik G.si bevosita ilmiy, amaliy masalalarni hal etadi va shu maqsadda suv obʼyektlarining dinamikasini, ularning turli gidrologik koʻrsatkichlarini hisoblash hamda bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Muhandislik G.si tarkibida oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashoratlar alohida fan sifatida shakllandi va jadal rivojlanmoqda.