O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/55
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#178112
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi





O‘ZBEKISTON RESPUBILIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA‘LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
ARXIVSHUNOSLIK KAFEDRASI 
KO‘PAYSINOV ISMOYIL AHMADJANOVICH 
O’RTA OSIYODA PALEOGRAFIYA, EPIGRAFIKA
VA ME’MORCHILIK TARIXI 
fanidan
seminar mashg‘ulotlar uchun 
USLUBIY QO‘LLANMA 
NAMANGAN – 2019 


Mazkur uslubiy ko‘rsatma Tarix ta‘lim yo‘nalishining bosqichi talabalari 
uchun tayyorlangan bo‘lib, u Namangan davlat universiteti Ilmiy Kengashining 
2018 yil 3 sentabrdagi 1-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan muvaqqat dastur asosida 
tayyorlanagan bo‘lib, unda tarix ta‘lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi fanlarga oid 
atamalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar berish belgilab berilgan. 
 
 
 
Tuzuvchi: I. Ko‘paysinov 
Taqrizchilar: A. Sarimsokov 
Tarix fanlari nomzodi, dotsent 
Z. Madrahimov 
Tarix fanlari nomzodi, dotsent 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Uslubiy ko‘rsatma Namangan davlat universiteti O‘quv-uslubiy 
kengashining 2019 yilning 18 dekabrdagi 5-sonli yig‘ilishida muhokama qilinib, 
nashrga tavsiya etilgan. 


Kirish 
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillik sharofati bilan o‗z taraqqiyotining 
yangi davriga kirdi. Xalqimiz o‗zining boy tarixiy, madaniy va ma'naviy 
merosining chin ma‘nodagi sohibiga aylandi.
O‘zbekiston hududidan topilgan poleagrafik ma‘lumotlar va ularning 
ahamiyati yurtimiz tarixi uchun qimmatli manbalar hisoblanadi. Yurtimiz 
hududidan topilgan yozuv va harflarning grafikasi, xususiyatlarini, harflarning 
rivojlanishini, yozuvning o‗ziga xos xususiyatlarini o‗rganish, qo‗lyozmadagi 
matnni xatosiz o‗qiy olish; qo‗lyozma manbaning yozilgan vaqtini aniqlash; 
qo‗lyozma yaratilgan hududni aniqlash; qo‗lyozma kim tomonidan yozilganligini 
belgilash; qo‗lyozmaning asl nusxa yoki qalbaki ekanligini aniqlash kabilar 
o‘rganiladi.
Yurtimiz hududidan topib o‘rganilgan Epirafik manbalar ham bizga 
qimmatli ma‘lumotlar beradi. Manbalardagi tosh, metall, sopol va me'moriy 
yodgorliklarning u yoki bu qismiga yozilgan qadimiy va o‗rta asrlarga oid 
yozuvlar (bitiklar)ni to‘plash, ularni tadqiq qilish, nashr etish va sharhlash bugungi 
kun tarixchilari oldidagi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bu vazifalarni 
epigrafik bilimlarni rivojlantirish orqali amalga oshirish zarurdir. 
Mustaqillik sharofati bilan ming yillik me'morchilik va shaharsozlik 
tariximizni, hattoki borib ko‗rish ta'qiqlangan arxitekturaviy yodgorliklarni nafaqat 
ziyorat qilishga, balki ularni o‗rganishga va restavratsiya qilishga ham keng 
imkoniyatlar yaratildi. Vatanimizda qadim zamonlardan boshlab yaratilgan nodir 
me'moriy obidalarni, shaharsozlikning yaratilish tarixini, qurilish usullari va 
qoidalarini talabalarga xolisona o‘rgatish imkoniyati paydo bo‘ldi. ―O‘rta Osiyoda 
paleografiya, epigrafika va me`morchilik tarixi‖ fani bo‘yicha tayyorlangan ushbu 
uslubiy ko‘rsatma yuqorida aytib o‘tilgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda 
muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin