B1+ asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi.
Nazorat ishi. Insho va uning tahlili (2 soat) Mustaqil o`qilgan asarlar muhokamasi (1 soat, B1+: 1 soat) Takrorlash (B1+: 1 soat)
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar: “Go’ro’lining tuig’ilishi” dostoni
Nosiriddin Rabg‘uziy. “Qisasi Rabg‘uziy” asari.
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari.
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi.
Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani.
Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni.
Mustaqillik davri adabiyoti namunalari.
A.P.Chexov. Hikoyalari.
Rishod Nuri Guntekin.“Choliqushi”romani
Mavzularni o‘rganish uchun – 39 soat (B1+: 65 soat) Yozma ishlar uchun – 8 soat Mustaqil o`qilgan asarlar muhokamasi (4 soat) (B1+: 8 soat) Takrorlash (B1+: 4 soat) Jami: 51 soat, (B1+: 85 soat)
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiya elementlari: Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi: B1 mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, _ily_lec pochta va boshq.)dan o‘quv maqsadlari doirasida foydalana oladi va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirib, xulosa chiqaradi, ibrat oladi va o‘z faoliyatida qo‘llay oladi.
B1+ media vositalardan adabiy ta’limga oid zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa oladi, saralaydi, qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta’minlaydi va foydalanishda media-madaniyatga rioya qila oladi.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi: B1 shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intelektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantira oladi;
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlab, ularga amal qila oladi.
B1+ o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha oladi, o‘zini nazorat qila biladi, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera biladi.