228
ichki dunyosini siyratini ham ko‘rsatadigan omildir. Madaniyatlilikning asosiy
belgilaridan
biri ham, bu – kiyinish odobidir. Kimning qanday kiyinishiga qarab,
uning did–farosati, moddiy va ma’naviy darajasini, hatto kasbini ham aniqlab olish
mumkin. Kiyinish madaniyati, kiyinish odobi kishilarning o‘zaro muomalasiga, bir
– biriga bo‘lgan
munosabatiga, yurish – turishiga ham ta’sir qiladi. Kiyinish
shaxsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, hamma vaqt go‘zallik, uyg‘unlik, noziklik,
odob, xushmuomalalik, odamshinavandalik haqidagi
tushuncha darajasining
belgisidir. Insonning tashqi go‘zalligi kiyim rangining bir–biriga mosligidir,
tabiiyligi va soddaligidadir
XUSHOMADLAR
- insonning tashqi qiyofasi, chiroyli so‘zlari, hatti-
harakatidan ta’sirlanib, ma’qullashni
ifodalash, maqtovning maxsus shaklidir. Nafis
shaklga o‘rangan bu ifoda bilan hammamiz ham lazzatlanamiz – har birimizda ozgina
miqdorda bo‘lsa ham o‘zimizga nisbatan muhabbat hamda g‘urur mavjud.
Xushomadlar jamoatda yoqimli kayfiyat uyg‘otadigan hissiyotda asos bo‘lib xizmat
qiladi. Xushomad yengil, sho‘x, oddiy,
tabiiy va asosiysi, haqqoniy bo‘lishi lozim.
Agar xushomadlarni kam, ammo o‘tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga
ajib bir tarovat qo‘shadi. Aksincha, agar xushomadlarda bir muncha tayyorgarlik,
ta’ma, oshirib yuborishlik bo‘lsa, ular kulgulik va yoqimsiz xususiyat kasb etadi.
Qo‘pol xushomad doimo o‘rinsizdir va uni ifodalovchi odam yaxshi ko‘rsatmasligi
aniq. Uni qabul qilish ham odamni kamsitadi. Xushomad o‘z vaqtida va joyida
qo‘llanishi nur ustiga a’lo nurdir. Bunday nazokatga ko‘milgan
xushomad hamisha
odamga lazzat bag‘ishlaydi. U uyatchan odamga ishonch, odamovini ochiq
bo‘lishiga, xomush odamni kayfiyatini ko‘tarishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: