OILANING MUSTAHKAMLIGI – oiladagi tinchlik, xotirjamlik, bir- biriga
bo‘lgan samimiy munosabat hisoblanadi. U oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga ham
bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustahkam oilaning garovidir”
debaytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi er va xotinning
bir – biriga bo‘lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik,
halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda urf –
odatlarga asoslangan, zamonaviy oiladagi iqlimni tushunamiz. Bunday iqlimda
tarbiya topgan bola ma’naviy va axloqan yetuk inson bo‘lib shakllanadi.
SAMIMIYLIK - “boshqalar gapini tinglaydigan, hamfikr bo‘la oladigan,
xabardor” degan ma’noni anglatadi. Samimiylik to‘g‘riligiga o‘zi ishongan, bu
haqda o‘ziga va boshqalarga iqror bo‘la oladigan narsalarni qiladigan odamning
ma’naviy ijobiy sifati. Samimiy, samimiyat bilan ish tutuvchi, muomala qiluvchi,
sidqidillik bilan chin qalbdan qilingan, dildan chiqqan. Samimiyat kishilarga qalban
xayrixohlik, pokdillik, samimiylik, sidqidillik. Samimiylik insondagi eng yaxshi
xislat, oliy insoniy fazilatlardan biri bo‘lib, axloqning muhim me’yorlaridan
hisoblanadi.
DASTURXON - taom iste’mol qila boshlanibdiki dasturxon bor. Dasturxon
aziz, muqaddas, rizq – ro’z manbai sifatida ko‘zga surtilgan. Dasturxon odobi, taom
yemak qonun – qoidalari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uydami, mehmondami,
kuniga uch – to‘rt mahal dasturxon yoziladi. Dasturxonlar ham joyi, odami, mavsumi,
ma’rakasi, xonasiga qarab, katta – kichik, rang – barang, odmi – ohorli bo‘lishi
mumkin. Dasturxon – taomi bilan ulug‘. Dasturxon ustiga odatda birinchi bo‘lib non
qo‘yiladi. O‘zbeklar tandir nonni ko‘proq iste’mol qilishadi, u dasturxonga juft
qo‘yiladi. Dasturxon etiketi ham qadimiy bo‘lib, kishidan muayyan an’analarni
yaxshi bilishni talab qiladi. Dasturxonga hamma qo‘lini yuvib keladi. Dasturxon
yozilganda nonni, taomni birinchi bo‘lib oilaning kattasi boshlab beradi. Dasturxon
atrofida chiroyli gaplarni gapirib o‘tirish kerak. Dasturxon did bilan yasatilgan va
o‘tiradigan joy qulay bo‘lsagina ovqatdan lazzat topasiz. Yozilgan dasturxon doimo
ozoda bo‘lishi kerak. Dog‘li dasturxon ishtahani bo‘g‘adi. Dasturxonga idish –
tovoqlarni qo‘yishda ularning rangi dasturxon rangiga mos tushishiga ham e’tibor
bering.