33
Quyida
e’tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qo‘l berib
so‘rashishning odobiga tegishlidir:
uzatilgan qo‘l albatta muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni yerga urish bilan
barobar bo‘lib qoladi.
ikki qo‘l bilan qo‘lni siqib so‘rashish haddan
tashqari xursand holatda,
minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi.
ikki qo‘l berib so‘rashish paytida albatta so‘z bilan ifodalanadi, bunda
minnatdorchilik so‘zlari va boshqa iliq so‘zlar qo‘llash mumkin.
qo‘l berib so‘rashish tez va qisqa bo‘lishi lozim.
qo‘l berib so‘rashish davomida ozgina egilib qo‘yish, so‘rashayotgan
insonga
nisbatan hurmatni belgilaydi.
ostonada, stol ustidan qo‘l berib so‘rashish xunuk ko‘rinadi.
tanishini ko‘rib qolgan taqdirda ham binoning boshidan bu boshiga qo‘lni
cho‘zib kelish insonni kulgili holatga solib qo‘yadi.
ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bo‘lib qo‘l uzatmaguncha
erkak qo‘l uzatmaydi.
ayol kishini qo‘lini ko‘p ushlab turish mumkin emas, bu uni noqulay vaziyatga
solib qo‘yishi mumkin.
Salomlashganda jargon, ko‘cha so‘zlarini,
buzib talaffuz etiladigan
“privetik”,
“salyutik”, “chao”, “poka”
kabi so‘zlarni ishlatmaslik maqsadga muvofiq. Odatda,
ro‘paradan keluvchi kishiga u yetib kelguncha, ya’ni orada 3-4 qadam qolgach salom
beriladi.
Sizga mutlaqo tanish bo‘lmagan kishi salom bersa, albatta “alik” olish va uning
yanglishganligini sezdirmaslik kerak. Bunday holatda yelka qisish yoki hayron bo‘lib
qarash odobsizlik hisoblanadi.
Umuman, o‘zbekchilikda salomlashishni o‘zi hamsuhbatingizning sizga bo‘lgan
munosabatini shakllantiradi. G‘arb odatiga ko‘ra yoshi katta ayollar bilan
ko‘rishayotganda o‘rnidan turib, tavoze’ bilan boshni silkitib salomlashiladi. Bizda
esa
bu nafaqat katta yoshlilar, balki umuman xotin-qizlarga nisbatan ham
qo‘llaniladi. Zero, har bir qiz yoki ayol o‘sha xonadon egasining nomusi hisoblanadi.
Bu bilan erkak boshqa bir erkakni oriyati va hurmatini o‘z joyiga qo‘yayotgan hamda
boshqalardan ham o‘ziga nisbatan shuni talab qilayotgan bo‘ladi. Agar ayollar
qurshovida bo‘lsangiz, unda umumiy ravishda bir marta salomlashib qo‘yiladi.
Etiketni buzilishi ko‘rishuvning shovqinli tarzi hisoblanadi.
Odamlar oldida hozir
bo‘lishingiz bilan salomlashuvingiz u darajada o‘zingizga qaratadigan tarzda
bo‘lmasligi lozim. Salomlashuv, tanishuv yoki suhbatdoshlik
uchun eng qulay
madaniyatli usuli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: