Jamoatjoylarida o‘zini tutish me’yorlari. Jamoat joylarida o‘zini tuta bilish
etiketi har bir kishi uchun ham, jamoat uchun ham muhimdir. Inson jamiyat oldidagi
axloqiy burchini bir lahza ham unutmasligi va shunga munosib hatti-harakatlarda
bo‘lishga intilishi kerak. Har bir inson jamoat joylarida bo‘lganida avvolo o‘zini
inson ekanligini, atrofida o‘ziga o‘xshaganlar borligini unutmasligi zarur.
“Assolomu aleykum”, “Kechirasiz”, “Uzr”, “Mumkinmi?”, “Aytib yuborolmaysizmi?”, “Xolajon”, “Amakijon”, “Opoqijon”, “Otaxon”, “Onajon”, “Akajon”, “Singlim”, “Do‘stim”, “Og‘ayni”, “Birodar” kabi so‘zlarni ishlatishga o‘rganish kerak.
Hayotimizni ko‘p qismini bizga notanish bo‘lgan odamlar bilan birga o‘tkazamiz:
ko‘cha-kuy, transport, turli xil jamoat joylarida o‘tkazamiz. Nafaqat o‘zimizning
kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda o‘zimizni
qanday tutishimizga bog‘liqdir.
Shungako‘rajamoat joylarida o‘zini tutishning me’yorlari mavjud. Uydan ko‘chaga chiqayotganda kerakli bo‘lgan narsalarni: hujjatlar,
dastro‘molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur bo‘lgan mayda-chuyda
narsalarni o‘zingiz bilan olganingizga ishonch hosil qilib olish lozim. Kiyim bosh,
oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq o‘zingizga razm solib, so‘ng
tashqariga chiqqan ma’qul.
Hech qachon muzqaymoq bilan jamoat transportlarida: avtobus, trolleybus yoki
metroga kirib bo‘lmaydi. Musiqani baland qilib quloqqa taqib eshitib ketayapman
deb o‘ylash ham befarosatlik yoinki atayinlab qilingan hurmatsizlikka kiradi. Undan
ko‘ra baland hammaga eshittirib qo‘ygan ma’qul, chunki quloqqa biriktirilgan
moslamadan chiqayotgan tovush asabni «arralaydi». Juda zarurat tug‘ilsa bunday
moslamaning «vakuumligi» yoki sifatlirog‘ini xarid qilish lozim. Jamoat transportida
haddan ziyod o‘zini nozikta’bligi bilan yo‘lovchilarning asabiga tegadigan kishilar
«bo‘lmasa, taksida yuring!» degan xitobga uchrab qolishlari mumkin.
Ko‘chada kimga uchrashuv tayinlagan bo‘lishingizdan va yoshidan qat’i nazar
(xoh u ayol yoki erkak kishi bo‘lsin) kechikmaslik lozim. Aks holda sizni kutayotgan
odam ko‘chada qolgandan o‘tib ketayotgan odamlardan o‘zini noqulay his qilishi
mumkin. Shuning uchun ham, uchrashuv joyi odmi, yo‘lovchilarga xalaqit
qilmaydigan va diqqat jalb etmaydigan bo‘lishi lozim.