101
7-MAVZU. RAHBAR XODIMLARNING ETIKASI VA ETIKETI
Inson qanchalik tajribali va bilimdon bo‘lsa uni
odob masalalari Shunchalik
qiziqtira boshlaydi. Xodimlarning axloqiy yuksakligi zamonaviy rahbar boshqaruv
faoliyatining muhim sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Bunga erishish uchun, avvalo,
rahbarning ijtimoiy – axloqiy tayyorgarligi zarur. Boshqaruv odobining mohiyati
ishlab chiqarishni tashkil yetish va boshqarishning barcha ishtirokchilari xulq – atvori
tamoyil va me’yorlarini asoslashdir.
Boshqaruv odobi ma’muriy va xo‘jalik faoliyatini
sifatli ado yetishga
yo‘naltirilgan nazariy–amaliy etika bilimlari va amaliy tavsiyalar tizimidan iboratdir.
Ijtimoiy adolat, shahs erkinligi,
kasbiy pokizalik, mas’uliyatni his qilish,
tabiatni
avaylab asrash uning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Boshqaruv odobida axloqiy tavsifdagi, shahs xulq – atvorini o‘rganish
bilan
bog‘liq me’yoriy hujjatlar, boshqaruv faoliyatiga
nisbatan axloqiy talablar, ishga
aloqador axloqiy qoidalar va ishlanmalar hamda rahbarning
xizmatidan tashqari
xulqi, muomala odobi bo‘yicha maslahatlar muhim o‘rin egallaydi.
Davlat xizmatchisining asosiy axloqiy qoidalar quyidagilar:
kamtar bo‘lish;
qo‘l ostidagilar bilan hushmuomala bo‘lish;
odamlarga keng ko‘lamda o‘z foydaliligini namoyon yetish uchun
hokimiyatga intilish;
o‘z xodimlarini boshqaruv faoliyatida qatnashish uchun faol jalb yetish;
foydali tanqidni samimiy qabul qilish va jamoat fikrini hurmat qilish;
qo‘l ostidagilarga ishongan
holda munosabatga moyillik, ularni o‘z
hamfikrlari deb bilish.
Axloqiy
barkamollik
rahbarning
ishbilarmonlik
sifatlaridan
biri
hisoblanadi.Axloqiy barkamol insonlar axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etadi.
Rahbarlik – mas’uliyatli vazifa. Uni sharaf bilan ado etmoq uchun, kishi o‘zi
rahbarlik qiladigan
sohani bilishigina emas, balki yana bir qator sifat va fazilatlarga
ega bo‘lmog‘i kerak.
Ular ichida avvalo,
Dostları ilə paylaş: