Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Kafe, restoran 
Restoran yoki kafeda ayol bilan uchrashishga kelishib olgan erkak aytilgan 
vaqtdan bir oz avvalroq borib o‘tirishi lozim. Ammo ma’lum bir sabablar bilan erkak 
uchrashuvga bir oz kechikib kelsa, bundan fojea yasash noo‘rin. Erkak kechikkani 
uchun uzr so‘rab, sababini tushuntirishi shart, ayol esa – buni kechirib, o‘z kayfiyatini 
buzmaslik uchun «qovoq solmay» o‘tirgani ma’qul. 
Agar restoranda bir necha odamlar uchrashmoqchi bo‘lsalar, kechikkanlarni 20 
daqiqadan ortiq kutilmaydi. Ba’zi qiz va ayollar kafe yoki restoranga kirishdan ko‘ra, 
ko‘chada uchrashib keyin borishni afzal biladilar. Bu paytda erkak o‘z vaqtida kelishi 


136 
shart. Kafe yoki restoranga birinchi bo‘lib ayol kiradi, erkak bosh kiyimini yechib 
kiradi va faqat chiqayotganda kiyib oladi. Stolning devorga tirab, restoran zaliga 
qaratilgani eng qulayi hisoblanadi. Agar zalning markazida o‘tirgan bo‘lsangiz, ayol 
uchun eng e’tiborli joy chiqishga qarab o‘tiradigan joydir. 
Bo‘sh joy qolmagan taqdirda, ofitsiantlarga murojaat qilgan ma’qul. Band 
bo‘lganini eshitgan joydan joy talab qilish yaramaydi. Kafeda tanishingiz oldiga, 
garchi sizga notanish bo‘lgan odam bilan o‘tirgan bo‘lsa ham, o‘tirish mumkin. 
Ammo restoranlarda mumkin emas – sizdan maxsus iltimos qilishsagina bu istisno 
hisoblanadi. O‘tirganda yoningizdan o‘tib ketayotgan tanish bilan turmasdan ham 
ko‘rishish mumkin, ammo siz murojaat yoki aksincha, u sizga murojaat qilayotganda, 
albatta, turish kerak bo‘ladi. Agar tanish bir ikki og‘iz so‘z uchun yoningizda 
to‘xtagan bo‘lsa, uni oldingizda o‘tirganlarga tanishtirmasa ham bo‘ladi. Ammo 
suhbat cho‘zilib ketsa, dasturxonga taklif qilgan, yoki uzr so‘rab tanishingiznistoliga 
o‘tib olgan ma’qul. Agar tanishingizni dasturxonga taklif qilmoqchi bo‘lsangiz, uni 
albatta, yoningizdagilarga tanishtiring. Ofitsiantdan siz bilmagan taomni tushuntirib 
berishni so‘rashdan uyalmaslik lozim. Taomlarning nomi ko‘p va biz ularning 
hammasini bilishimiz shart emas. Restoranda likop ustiga qo‘yilgan sochiqni tizzaga 
yoyish shart. Agar tizzadan sirg‘alib tushib ketsa, uni birovga oldirmagan yaxshi. 
Hech kimga bildirmagan holda olishga harakat qilish joiz. Ketayotganda esa sochiqni 
stolga qo‘yib turiladi. 
Ba’zida taomga qo‘shimcha tarzida bodring va pomidordan kesib qo‘yilgan 
gazaklar qo‘yiladi. Uni olib idishga solish shart emas. Go‘shtga qo‘shib likopning 
o‘zidan olib yeyaveriladi. Sherigimiz hali taomni tugatmasidan avval ofitsiantdan 
hisobni so‘rash, unga nisbatan bepisandlik sifatida qabul qilinadi. Tasodifan uchratib 
qolingan tanish ayol bilan kafega kirilsa, har kim o‘zi uchun to‘laydi. Ya’ni: Ayol 
ofitsiantni chaqirib bergan buyurtmani aytadi va hisobni o‘zi to‘laydi – erkak ham 
xuddi Shu tarzda ish ko‘radi Restoranda avval kim o‘rnidan turadi? Kim uchrashuvni 
tashkillashtirgan bo‘lsa, Shu odam avval o‘rnidan turadi. Agar dasturxon ikki kishiga 
yozilgan bo‘lsa, taklifni birinchi erkak qiladi, ayol esa uzrli sabablar bo‘lgandagina, 
soatga qarab: «Vaqt bo‘ldi», deb o‘rnidan turishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin