Q‘shimcha choralar — OIV bilan kasallangan bemorlar boshqa xastaliklar bilan kasallanishining oldini olishga harakat qilishlari kerak. Ular hayvonlarga ehtiyot bo‘lishlari, mushuklar va hayvonlarning najaslari bilan, shuningdek, qushlar bilan aloqa qilishdan qochishlari kerak. Q‘llarni to‘liq va muntazam ravishda yuvib turish tavsiya etiladi.
Uzoq muddatli holat — ushbu sindrom uzoq muddatli holat, shuning uchun bemorlar O‘z shifokorlari bilan doimiy aloqada bo‘lishi joiz. Davolash rejasi muntazam ko‘rib chiqiladi.
Psixologik — virus va O‘ keltirib chiqaradigan immunitet tanqisligi sindromi haqida keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalar kamayishi sezilgan. Holbuki, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bu holat saqlanib qolmoqda. Virus bilan kasallangan odamlar O‘zlarini cheklangan, rad etilgan, kamsitilgandek his etishi mumkin. Bu holatda psixolog yordami juda muhimdir.