O’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda xalq milliy o’yinlarining tutgan o’rni reja


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 32,91 Kb.
səhifə2/3
tarix27.09.2023
ölçüsü32,91 Kb.
#149317
1   2   3
Milliy o`yinlar ularni ahamiyati. Milliy xarakatli o`yinlarni ta (2)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1. T.S. Usmonxo‘jaev “Harakatli o‘yinlar” O‘quv qo‘llanma T.: O‘qituvchi 1992


2. Maxkamdjanov K.M., Nurmatov F.A, Inozemseva L.A, Rustamov L “Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi” Darslik T.: 2008
3. P.Xo‘jaev, K.D. Raximqulov B.B.Nigmanov “Sport va harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi. (Harakatli o‘yinlari)” O`quv qo`llanma TDPU T.: 2008
4. R.I.Azizova “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” O`quv qo`llanma T.: 2010
5. K.D.Raximqulov “Milliy harakatli o‘yinlari” O`quv qo`llanma T.: 2012
6.Arjan Egges, Arno Kamphuis, Mark Overmars “Motion in Games” First International Workshop, Utrecht, MIG2008. 236 s.
7.Жуков М.Н. — М.: Подвижные игры: Учеб. для студ. пед. вузов.Издательский центр «Академия»2000. - 160 с.

“Danakni yashirish” o`yinida bir dona danakni o`yinchilardan biri kaftiga yashiradi, o`yinboshilardan qaysi biri danakni topsa, o`shaning guruhi o`yinni boshlaydi.


O`yinboshini aniqlashning boshqa usuli — tayoqcha, gugurt cho`pi yoki o`yinchilar soniga qarab maydondagi qurigan o`tlardan shuncha cho`p teriladi. Ularning o`lchami tenglashtiriladi, cho`plardan biri kaltaroq bo`lishi kerak.
Hammasi kaftga jamlanib, bir uchi teng qilib birlashtiriladi, ikkinchi uchi ko`rsatilmaydi. Bolalar navbat bilan kelib, bittadan cho`pni tortadilar. Kim kalta cho`pni tortib olsa, o`sha o`yinboshi bo`ladi. Shu o`yinni boshqacha yo`sinda tashkil qilish ham mumkin. Masalan, bir necha bo`lak qog’oz parchalari olinib, bittasiga biron belgi qo`yiladi, so`ngra ular cho`ntak, xalta yoki do`ppi ichida aralashtiriladi. Kim belgi qo`yilgan qog’oz parchasini olsa, o`sha o`yinboshi hisoblanadi.
Agar, o`yinga besh kishi yig’ilgan bo`lsa, qur`a tashlashning eng oddiy va tez usulini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Kimdir sezdirmasdan barmog’ining birini ohak, rangli qalam bilan bo`yaydi, kaftini musht holatida teskari ushlab to`planganlar oldiga keladi. „Barmoqning birini och!, deb o`ynovchilarga taklif qiladi. Xar bir o`ynovchi navbat bilan barmoqlarini ochadi. Kim bo`yalgan barmoqni topsa, o`yinni o`sha boshqaradi.
Agar bo`yalgan barmoq ochilmay qolsa, taklif qilgan kishi o`yinboshi bo`ladi.
Ilgarilari, ko`pincha, tanga tashlab ham toleyini sinab ko`rishgan va bu quyidagi usulda bajarilgan. Bosh barmoq ustiga tanga qo`yilib, osmonga qaratib chertiladi, tushayotgan payti ushlanib, kaftga yashiriladi va so`raladi:
-burgutmi, teskarisi? (Burgut tanganing tasviri tushirilgan tomoni, teskarisi uning orqa tomoni). O`yinchi tanganing bir tomonini tanlaydi. Kaft ochiladi, kim osmonga qarab turgan tomonini tanlagan bo`lsa, o`yin navbati o`shaniki bo`ladi.
Yoki tanga bo`lmasa, yapaloq tekisgina tosh yoki kesak topib, uning bir tomonini namlash kerak. So`ngra yuqoriga irg’itish lozim, o`yinni kim boshqarish kerakligini aniqlash zarur. “YOmg’irmi, tog’ora?”, deb so`raladi. U yomg’ir desa, demak namlangan tomon yuqoriga qarab tushishi lozim, tog’ora esa quruq, quyoshli ob-havoni bildiradi.
Yoki kichkina buyumni bir kaftda yashirib, ikkalasini ham oldinga cho`zib so`raladi: “O`ngidami, chapida?” Agar sherik yashirilgan buyumni topsa, u o`yinni boshlaydi, topmasi o`zi boshlaydi.
Sanoq termalari
Sanoq - bolalar o`yinlarining chek tashlash holatidagi asosiy vositasidir. „Sanoqlardan asosiy ko`zlangan maqsad - o`yin boshlashdan oldin boshlovchini yoki navbatchini aniqlash, biror bolaga gal berishdan iborat". “Trma” umuman xalq og’zaki ijodiga mansub sho`x, hazilomuz yoki tirik, odatda, to`rt misradan iborat qo`shiq yoki she`r sanaladi.
Demak, sanoq termalari bolalar o`yin boshlashdan oldin boshlovchini, navbatchi yoki o`yinboshini aniqlab beruvchi yordamchi vositadir. Sanoq termalari, odatda, qat`iy ohang va marom qoidalariga bo`ysunib, tegishli joyda urg’u berib aytiladi. Sanoq termalarini mazmuni va bajarilish turiga ko`ra shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: oddiy sanoq termalari va tanlovchi sanoq termalari. Masalan, oddiy sanoq termalari quyidagicha bo`ladi:
Chori chambar. Bori anbar. Ona qiz qayda? Ola-bula tog’da. Tog’man, zuvman, piltakash to`ti qiz, San tur, san chiq.
Ayrim sanoqlar dialog shaklida bo`lib, sanash ohangida aytiladi. Bunday sanoqlardagi dialog shakli faqat ma`no jihatdan o`zaro bog’lanish usuli sifatidagina xizmat qiladi. Masalan:
Bir, ikki, o`n olti, O`n olti deb kirm aytdi? Oqqina kuchukcha ayti, Oqqina kuchukcha o`ldi, Bolasi menga qoldi. Bolasini bering-chi? Qani olib ko`ring-chi, Salim qochdi, Halim tutdi.
Sanoq termalaridagi har bir so`z bitta raqamni ifoda etadi, ya`ni uch misradan tortib, yigirma to`rt misragacha, hattoki, undan ham katta hajmda bo`lishi aniqlangan. Bu har bir misrada 2-4 tagacha so`zlar bor demakdir.
Sanoqlarning vazn tuzilishi erkin, binobarin, to`rt bo`g’indan sakkiz bo`g’ingacha bo`lishi kuzatilgan.
Sanoqlardagi raqamlar shunchaki, tilga olinmaydi, balki ritmik asosni tashkil qilish maqsadida vaznga solinadi:
Bir, ikki, uch...o`n olti...
O`n olti deb kim aytdi?
O`n olti deb men aytdim.
Ishonmasang, sanab boq:
Birov,
Ikkiov. Uchov...
Qoch-ov!
Sanoqdagi har qanday so`z siniq, kam hajmlidir, mabodo ko`p bo`g’inli so`zlar bo`lgan taqdirda ham bo`g’inlari oson bo`linuvchi bo`lmog’i darkor.
Garchi bu so`zlar qandaydir ma`no anglatib, o`ynovchilarga biror tushuncha etkazsalar ham, shu o`yin jarayonida amaliy mohiyat jihatidan sanoq sonlarning vazifosini ifoda etadi, masalan:
Bir, ikki, o`n olti, O`n olti deb kim aytdi? O`n olti deb men aytdim, Ishonmasang sanab boq.
O`yin qatnashchilari o`zlarini ham qo`shiq eshitib, ham sanalib turgan holatda sezadilar va “mana men chiqdim” deb ichki bir hayajonda turadilar.
Sanoqchi esa termalarni mumkin qadar jozibali talaffuz etishga, jarangdor ohang bilan ta`sir qilishga, aytilayotgan so`zlarning ta`sirchanlik kuchini oshirishga urinadi. Bolalarning asl maqsadi - intiluvchan va qiziquvchan qobiliyatli bolani o`yinboshi qilib saylash. O`yinboshi she`rni ijro etish bilan barobar, o`ziga xos vazifa bajaradi, chunonchi, bolalarning birini tanlaydi, “shu aytilganlarni o`n olti qismga bo`lib ko`r-chi!” deb ularni fikrlash, mulohaza qilishga undaydi.
Darhaqiqat, to`rtlik she`rni turoqlarga ajratib, barmoqlar bilan sanalsa, roppa-rosa o`n oltita chiqadi.
O`zbek xalq harakatli o`yinlari tarkibida sanoq sonlar bo`lgan sanoq termalari bir turkumga ajratilgan. Sanoq sonlarga egalik affiksi “im” qo`shiladi va shu so`zga qofiyadosh qilib, biror predmetning, kishi a`zolarining nomi keltiriladi. Bu sanoq ham ikki o`rinda ishlatiladi, biri - bolalarning koptok o`yinlarini sanashda shu she`riy parchadan foydalansalar, ikkinchisi - bolalarni sanashda qo`llanadi, masalan:
Birim - bilak,
Ikkim - elak...
Ayrim hollarda sanoq so`zlarini bajargan ayrim so`zlar, sanoq sonlar bilan yonma-yon - parallel kelishi ham mumkin:
Qars-qurs pomidor,
Onam bergan pomidor.
To`rtlik “bir, ikki, o`n olti”ning o`lchovi bilan aytilgan. Birinchi ikki yo`l alohida vazifa bajarmaydi, keyingi ikki yo`l bilan qo`shilgandagina mukammal bo`ladi. Keyingi ikki yo`l ham, garchi mustaqil vazifani bajarishi mumkin bo`lsa-da, lekin shu o`rinda, bolalar soni ko`proq joyda kamlik qiladi. Shu sababdan ham boshlovchi shunga bab-baravar oldingi ikki yo`llikni qo`shib olgan.
Davrada bolalar kam bo`lganda sanoqlarning qisqa shakllari qo`llaniladi:
Bir bug’doy, ikki bug’doy, uch bug’doy, puch bug’doy.
Qovoq, qovoq, tomosha qovoq, bunday qilmang, bunaqa qiling!
Akkalakam, dukkalakam,
Bavri chaman, buvra amal,
Bovda edi, qayda edi, Bovlamak, zuvzamak,
Pildir pis, bir pas pis.
Buni xar qanday bola ilgaridan mashq qilmasdan turib sanay olmaydi.
Bu to`rtlik mashg’ulot - o`yin jarayonidir. Sanoqning vazifasi esa bolalardan kimning chekiga “boq” so`zi to`g’ri kelsa, u o`yindan chiqib turadi. O`yinboshi qolgan bolalar bilan sanoq termasini davom ettiraveradi.
Sanoq termalarini sanash tartibi qanday? Hamma jips bo`lib, doira shaklida turadi. Kimdir shoshilmasdan doira bo`ylab har bir kishini va o`zini barmog’i bilan ko`rsatib, sanay boshlaydi. Agar doirada ko`pchilik bo`lsa, avval sanoqchi doiraning ichki tomonidan sanaydi, o`zini ham tartib bo`yicha hisoblaydi. Sanoq oxiri kimga to`g’ri kelsa, doiradan chiqib yon tomonda turadi. Oxirida qolgan bola o`yinni boshqaradi.
Agar sanoqchining o`zi chiqib ketsa, sanoqni chap qo`shnisidan boshlab davom ettiradi va o`zini sanamay o`tkazib yuboradi yoki doiradan tashqariga chiqib turadi, sanoqni qolganlardan biri davom ettiradi.
Qaysi tomonga qarab sanash kerak degan savol paydo bo`lishi mumkin. Sanoq qadimdan “quyosh bo`ylab”, ya`ni quyoshning harakat yo`nalishiga qarab olib borilgan. Sanoqchi o`zini birinchi deb hisoblasa, navbatdagi bola, ya`ni ikkinchi shunday aniqlanadi. Quyosh sharq tomondan chiqib keladi, kunning yarmida janubdan o`tadi va g’arbga botadi. Demak, xohlagan paytda quyoshga qarab turiladi, uning osmon bo`ylab yurish yo`lining boshlanishi turgan kishidan chap tomonda bo`ladi, tugashi esa o`ng tomonda bo`ladi. Bundan chiqdiki, ikkinchi hisobda birinchining chap tomondagi kishi bo`ladi va so`ngra sanoq doira oxirigacha davom eladi, mana buni “quyosh bo`ylab” deb ataladi. Bu xalq harakatli o`yinlarining asosiy qoidasi hisoblanadi, unga doim amal qilish zarur.
Sen tur, sen chiq
Bunday sanoq termalari ma`lum bir sujet asosida tuzilmasligi, so`zlar ham biror ma`noni anglatmasligi mumkin. Ammo bolalar uchun ularning mazmuni aniq - sanoq yordamida o`z o`rinlarini aniqlab oladilar.
Sanoq termalarida ba`zan uzun so`zlar ham uchraydi, ayrimlarida ikki, hatto uch martagacha sanash mumkin yoki ikki so`z bitta so`z hisobda keladi.
Shuning uchun, yanglishmaslik maqsadida barcha saloq termalarida har sanoq ustiga urg’u qo`ysa yaxshi bo`ladi.
Sanoq termalaridan tez chiqarish uchun ham foydalansa bo`ladi. Bunday xolatlarda oxirgi so`z to`g’ri kelgan bola shu o`yinni boshqaradi
Devor ketib,
Barra o`ti,
Jiblajibon, Yoqutxon,
San tur, san chiq!
Sanoq termalari yoki sanoq o`yinlari xalq harakatli o`yinlarining debochasidir, shuning uchun ham biz ularni shartli ravishda milliy xalq o`yinlari silsilasining sardori yoki “o`yinboshi”si ham deb ataymiz. Zero, ular sanoq bo`lsa-da, aslida qalbimizga zavq-shavq sololgan hayajonbahsh o`yindir.
Ba`zan u qo`shiq bo`lib kiradi, qalblarimizga jo`shqinlik, shiddatkorlik ruhini singdiradi.
Sanoqning bitta siri bor, undan hech kim foydalanmasligi lozim. Uch yoki to`rt kishi bo`lganda hech ham sanoqni o`tkazmaslik darkor, chunki bu erda doimo birinchi bo`lib sanovchining o`zi chiqib turadi.
Ko`pgina sanoq termalaridan keyin jami 3-4 kishi qoladi, uzun sanoq (termasini takrorlash uzoq muddalli va zerikarli bo`ladi, vaholanki, bitta sanoq bilan har o`ynovchini bir necha marta ko`rsatishga to`g’ri keladi. eng yaxshisi, sanoq termasini qisqasiga almashtirish yoki sanoqchini almashtirish kerak. Odatda, sanoq termasini kim boshlagan bo`lsa, birinchi bo`lib chiqadi, birdan boshqa sanoqchi boshlab ketadi. Chunki har kim o`zining sevimli sanog’ini aytgisi keladi-da!
Sanoq so`zi o`zbek xalq jonli so`zlashuvida azaldan mavjud. Ota-bobolarimiz sanoq sonlaridan turmushning barcha sohalarida, chunonchi, milliy harakatli o`yinlarda ham keng o`rinda foydalanganlar. Dastavval, bolaning sanoqlari bilan ilk tanishuv o`yinlari orqali emas, balki ona bag’rida, uning barmoqlarini sanashdan boshlanadi. Qadim zamonlarda odamlar muqaddas yoki sirli raqamlar har xil xususiyatiga ega bo`ladi, deb o`ylaganlar. Ulardan ba`zilarini xosiyatli yoki xosiyatsiz deb bilishgan.
D.Frezerning ma`lum qilishicha, eramizdan uch ming yil ilgari ham turli marosimlar, har xil aqida, e`tiqodlar yilning ma`lum kunlari, kishilarning, mollarning soni bilan bog’liq sirli raqamlar mavjud bo`lib, ular hanuzgacha turli xil vazifalarni bajarib keladilar. Ularni o`zbek xalq ertaklari, dostonlarida, maqol va rivoyatlari, osori atiqalarida ko`plab uchratish mumkin. Zero, o`yin vaqtida raqamlar uchrasa-da, lekin sirli raqam ishlatilmaydi, aksincha, sanoq so`zlariga qofiya tarzida ishlatiladi. Masalan, o`yinboshi bolalar yashirinib bo`lgunicha sanab turadi: bir, ikki, uch, to`rt, besh, etti - kettim! Bu o`rinda “etti” - kutish muddati bildi, yashirinishga ulgursang ham, ulgurmasang ham, qidirishni boshladim! - degan ma`noni anglatadi.
O`yinni tamomlash
O`zbek xalq milliy harakatli o`yinlarining hamma turlariga juda ham puxta ishlov berilgan. O`yinga chaqirish, uning boshlanishi, undan keyin o`yinning tugashi. Bularning barchasi bir ipga tizilgan marjon shodalariga o`xshaydi. O`yin tugagandan keyingi holat ham jozibali talqin qilingan.
Bolalar o`yin tugashida turlicha so`zlar bilan tarqalishni odat qilishgan:
-uy-uyiga, tepa to`yiga!
-uy-uyiga, to`ppa to`g’ri to`yiga!
-uy-uylikka, tepa tullikka!
-bir xo`rozim bor, u ham uyquga!
Xalqimizning nodir durdonalari bo`lgan milliy xalq harakatli o`yinlari va sanoq termalarini topish, jamlash va uni amaliyotga tadbiq qilish qadriyatlarimiz va ma`naviyatimizni tiklashdagi zarur vazifalardan biridir. CHunonchi, xalq harakatli o`yinlarini aynan o`z holicha o`ynash bolalarga zavq-shavq beribgina qolmay, ma`naviy boyliklarimizga hurmat bilan qarashni, ularni e`zozlashni va saqlay bilishni ham o`rgatadi.

O`zbek xalq o`yinlaridan namunalar


“Cho`pon”
Oyinga tayyorlanish. Maydonning ikki qarama-qarshi tomoniga chiziq chiziladi. O`ynovchilar ikki guruhga bo`linib, har bir guruh bir-biriga qarab, maydonning ikki tomonidagi chiziq orqasida turadilar. Har bir guruh uchun o`yinboshi saylanadi. Birinchi (o`yinni boshlovchi) guruhning har bir o`yinchisida bir varaq qog’oz va tasma bo`ladi.
O`yin tavsifi. O`qituvchining ishorasidan so`ng birinchi gu­ruhning onaboshisi, ikkinchi guruhning onaboshisiga qarab: ”Cho`pon, cho`pon", - deydi.
Ikkinchi guruh onaboshisi: “Se­ning podang ketib qolgan”, - deydi.
Bob bo`yicha xulosa. 1.Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili ko`rsatadiki, xarakatli o`yinlar 7-8 yoshli bolalarni salomatligini mustaxkamlashda asosiy vositalardan biridir.
2.Xar xil maktablarda o`quvchilar xarakatli o`yinlarga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda turli xildagi usul va uslublar qo`llaniladi.
3.To`g’ri tashkil qilingan xarakatli o`yinlar o`quvchilarni jismoniy tayyorgarligini hamda xarakat faolligini oshiradi.
4.Kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari jarayonida xarakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazish bolalarning jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishlariga qiziqishni uyg’otdi.
5.Ilmiy-uslubiy adabiyotlarning taxlilidan ta`sir ko`rsatadiki bugungi kunda xarakatli o`yinlar o`quv muassasalarida chop etilgan bo`lsada ularning barchasida bolalarning yosh xususiyatlari etarli darajada xisobga olinmagan.


Yüklə 32,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin