Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Mamlakatimizda 2019-yilda paxta ekin maydoni 1050,6 ming gektarni tashkil etgan bo’lib, 2018-yilga nisbatan 94,8 foizni tashkil etgan. 2019-
yil holatiga g’o’za ekilgan maydon mamlakatimiz jami ekin maydonining 31,7 foizini tashkil etgan. 2019-yilda 2691,7,0 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirilgan bo’lib, 2016-yilga nisbatan 90,9 foizni tashkil etgan.
2019-yil holatiga paxta xomashyosi ishlab chiqarish bo’yicha Buxoro (320,6 ming tonna), Andijon (258,1 ming tonna), Xorazm (257,1 ming tonna) va Qashqadaryo (250,4 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan bo’lsa, Samarqand (178,2 ming tonna), Surxondaryo (149,7 ming tonna) va Navoiy (89,2 ming tonna) viloyatlarida eng past ko’rsatkich qayd etilgan. G’o’za hosildorlik darajasi ko’rsatkichi bo’yicha Andijon (32,6 sentner/ga), Sirdaryo (30,2 sentner/ga) va Buxoro (30,0 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa, Jizzax (22,8 sentner/ga), Qoraqalpog’iston Respublikasi (21,7 sentner/ga), Surxondaryo (19,9 sentner/ga) va Qashqadaryo (18,3 sentner/ga) viloyatlarida eng past ko’rsatkich qayd etilgan.
2020-yil holatiga paxta ekin maydonlarining 908 ming gektari yoki 88 foizi klasterlar, qolgan 12 foizi esa kooperatsiyalarga birlashgan fermerlar hissasiga to’g’ri kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi
“Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-4633-sonli qaroriga muvofiq, 2020-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosiga davlat buyurtmasi va xarid narxlarini belgilash amaliyotidan voz kechildi va paxta tolasi Respublika tovar-xomashyo birjasida erkin sotilishi belgilab qo’yildi. Amalga oshirilgan ushbu islohot paxta yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishi hisobiga tarmoqni intensiv rivojlantirish imkonini beradi.