12-Mavzu: Neotropik floristik olam.
Reja
Karib, Gviana, Amozonka, Braziliya, And viloyatlari ularning xududiy chegaralanishi.
Ninabargli o`rmonlar kichik zonasi.
Aralash o`rmonlar kichik zonasi.
Bargli yoki yozda yashil o`rmonlar kichik zonasi. Mayda bargli o`rmonlar
Tayanch so’z va iboralar: Ninabargli o`rmonlar kichik zonasi. Aralash o`rmonlar kichik zonasi
Bargli yoki yozda yashil o`rmonlar kichik zonasi. Mayda bargli o`rmonlar
Shimoliy yarim sharda katta maydonlarni ishgol etuvchi o`rmonzorlar o`rmon zonasini tashkil etadi. Bu zonaning janubiy va shimoliy chegaralarida iklim va tuprok sharoiti, shuniyagdek, o`simliklar koplami birbiridan keskin fark qiladi. Shunga ko`ra bu zona o`simliklari, odatda uchta kichik zonaga: ninabargli (doim yashil), aralash va bargli (yozda yashil) o`rmshlarga bo`lib o`rganiladi.
O’rmon asosan mezofill (o`rtacha namlikda, o`suvchi) daraxtlar, butalar va o`t o`simliklaridan tashkil topgan maxsus o`simliklar jamoasidan iborat. O’rmon zonasi Yevrosiyoda ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Shimoliy Amerikada esa uning chegarasi meridian bo`ylab egri chizik hosil qiladi.
O’rmon zonasida o`suvchi o`simliklar uchun sharoit ancha nokulay bo`lsada, lekin Shimoliy kutb zonasi o`simliklarining xayot sharoitlariga nisbatan birmuncha yaxshi. O’rmon zonasi fakat MDH territoriyasida 11.160 ming. km2 ni yoki uning umumiy territoriyasining 52,5% ini tashkil qiladi. yozning ilikligi, kishning sovuk va uzok davom etishi, qalin kor ko’lamining o`zoq turishi, tuproqning nordon podzolchimli va botqoq tuproqlardan tashkil topganligi, bug’lanishning yog’’in miqdoriga ko`ra kam bo`lishi, shuningdek o`simlik koplamyning asosan daraxtlardan tashkil topganligi zona uchun xaraktyerli belgilardan xisoblanadi. O’rmon zonasida arktik xavo massasi ilik dengiz havosi xamda o`rtacha kenglikdagi kontinental havo bilan almashinib turadi. MDH territoriyasidagi o`rmonlarning janubiy chegarasi Lvov-Kursk-Kaluga, Oka daryosi bo`ylab Ryazan va Gorkiy, Qozon shaxarlari orqali Vyatka, Kama va Ok daryolari bo`ylab Ufagacha boradi. Uning chegarasi Ural tog’idan boshlanib ; janubroqqa buriladi, ya'ni Tagil-Irbit-Tyumen-Tomskning janubrog’idan o`tib Oltoy tog’i etaklariga borib tutashadi garbiy va O’rta Sibir yerlarida 46-50° lar bo`ylab, Uzoq Sharqda shimoliy kenglikning 42° ni o`z ichiga oladi. Shunday qilib, MDH tyerritoryasidagi o`rmon zonasining kengligi (eni) Garbiy Sibirda 600 km ni tashkil etsa, Baykal ko`li atrofida 2300 km ni tashkil etadi. Zonaning deyarli ko`pchilik qismi tekislikdan iborat bo`lib, O’rta Sibirda bir oz tepaliklar bor. Sharqiy Sibir va Uzoq Sharkda esa togli releflar asosiy qismini tashkil etadi. Yog’ingarchilik 300 mm dan (garbiy Sibirda) 700 mm gacha, Uzoq Sharkda esa 1000 mm ni tashkil qiladi.
Bug’lanishning yillik o`rtacha miqdori 350 mm ni, tayga o`rmonlarida 500 mm ni, aralash o`rmonlarda esa 600-800 m ni tashkil etadi. Yog’ingarchilikning buglanishga nisbatan ko`pligi, tuproqning doim nam nolda bo`lishi ba'zi joylarning botqoqlanishiga sabab bo`ladi. O’rmon zonasining asosiy o`simlik tiplari va ularning xayot sharoitlari bilan yaxshiroq tanishish uchun kichik zonalar bo`yicha ko`rib chikish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |