Vegetativ organlar — yuksak oʻsimliklarning oziqlanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini taʼminlaydigan qism. Vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi. Asosiy Vegetativ organlarga barg va poyali novda hamda ildiz kiradi. Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Evolyutsiya jarayonida Vegetativ organlar oʻsimliklar quruqlikka chiqishi bilan tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo boʻlgan.
Ildiz — oʻsimlikning eng muhim organi. Ildiz. tuproqdan suv va oziq moddalarni soʻrib olish, oʻzida murakkab birikmalarni sintez qilish va ularni oʻsimlikning yer ustki qismi (poyasi, barglari) ga koʻtarib berish funksiyasini bajaradi.
Ildizlar tuproqda tarqalishiga qarab oʻq ildiz va popuk ildizga boʻlinadi. Asosiy Ildiz yaxshi rivojlanib, yoʻgʻonligi va boʻyi bilan boshqalardan kattaroq boʻlsa, oʻq ildiz deyiladi. Bu xildagi Ildizlar asosan, ikki pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, asosiy Ildiz tuproqqa chuqur kirib boradi (mas, beda, qizilmiya, yantoq). Oʻq ildiz choʻl oʻsimliklarida 15—20 m gacha boradi. Popuk ildizlar bir pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, bularda asosiy Ildiz barvaqt quriydi yoki butunlay paydo boʻlmaydi, baʼzan esa oʻsayotgan patak ildizlar bilan bir xilda oʻsadi (boshokdoshlarda). Ingichka oq ildizchalar tukchalar bilan birga ildizning faol qismini hosil qiladi; uning uz. 10—15 sm, diametri 0,6—1,0 mm va undan ortiq boʻladi
Koʻp oʻtlarning Ildizlari etdor boʻladi (lavlagi, sabzi, turp va b.). Etdor ildizlar kraxmal, har xil qandlar, shilim-shiq moddalar, inulin, gemitsellyuloza va boshqa zaxira moddalarni saqlash vazifasini bajaradi
Poya — oʻsimlikningshox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar orasida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan Poyalar bor. Poya silindrsimon, koʻp qirrali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan Poya boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) poyasi boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham o`sadi. Poyaning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar Poyasining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar P.si 200—300 m keladi.
Barg o‘simligining asosiy vegetativ organi bo‘lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug‘ embrionidan yoki kurtakdan o‘sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o‘sadi. Ba’zi o‘simliklarda masalan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o‘sadi. Ko‘pchilik o‘simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to‘kiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargi esa bir necha yil to‘kilmasdan turadi.
Barglar bandsiz va bandli bo‘ladi,
Agar barg plastinkasi 1 ta bo‘lsa oddiy barg , 2 yoki undan ko`p bo`lsa murakkab deyiladi.
Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo‘ladi. Bir pallali o‘simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo‘ladi. yoysimon: bug‘doy,jo‘xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklarning bargi to‘rsimon tomirlangan bo‘ladi
Ba’zi o‘simliklarning barglari qisman yoki butunlay tikonga aylangan bo‘ladi. Mas: qushqo‘nmas, qo‘ytikan deb atalgan o‘simliklarning barglari qisman tikanga aylangan bo‘ladi. Kaktus va Barbaris o‘simliklarining barglari esa butunlay tikanga aylangan. Demak, tikanlar o‘simliklarni himoya qiladi. Agava va Aloe degan o‘simliklarning barglarida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari gajakka aylangan. Bu gajakka aylangan barglar yordamida o‘simlik biror narsaga osilib yoki chirmashib o‘sadi: Mosh, loviya, no‘xat.
Meva - yopiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar mevasi urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. Mevalarning shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tu-gunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻjagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl meva, bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab meva, tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb ataladi.
Meva 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat. Hoʻl (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq) mevalar bor. Hoʻl mevalar danakli (oʻrik, shaftoli, olcha va boshqalar) va urugʻli (olma, qovun, bodring va boshqalar) mevalarga boʻlinadi. Ular pishganda ochiladigan va ochilmaydigan boʻladi. Quruq meva tuzilishiga qarab bir nechtaga boʻlinadi: yongʻoq mevalar — poʻsti qattiq yogʻochsimon (yongʻoq, oʻrmon yongʻogʻi va boshqalar); pista mevalar — poʻsti dagʻal (kungaboqar, maxsar va boshqalar); doncha mevalar — poʻsti yupqa, urugʻga yopishgan (arpa, bugʻdoy. sholi, tariq va boshqalar) va qanotchali mevalar — urugʻida qanotchasimon parda boʻladi (qayragʻoch, shumtol, zarang va boshqalarda). Ochiladigan mevalar, odatda, koʻp urugʻli boʻlib, ochilish usuli va xonalarining soniga qarab bir necha xilga ajratiladi. Bargak meva — sallagul, isparak, tasmachoʻp; qoʻzok meva — turp, sholgʻom, indov; qoʻzoqcha meva — oʻsma, jagʻjagʻ, qatron; koʻsak meva — gʻoʻza, koʻknor, lolaqizgʻaldoq oʻsimliklarida uchraydi. Boʻlinadigan mevalar ikki va koʻp xonali tugunchadan hosil boʻlib, pishganda ayrim mevachalarga ajraladi (kashnich, ukrop, kovrak, kampir-chopon, tuyaqorin va boshqalarning mevalari).
Gul — yopiq urugʻli oʻsimliklarning generativ (jinsiy urchish organi. Gul oʻsishi cheklangan, shakli oʻzgargan novda hisoblanadi Gul gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urugʻchidan tashkil topgan. Kosachabarglar — Gulning sirtida — birinchi qatorda joylashadi bargchalardan iborat. Kosachabarglar, odatda, yashil, oʻsimlik turiga qarab soni har xil boʻladi. Baʼzi oʻsimliklarda (marmarak, rayhon, noʻxat va b.) kosachabarglar bir-biri bilan qoʻshilib, birikkan bargli tutash kosacha, boshqalarida (turp, shaftoli, oʻrik va b.) birikmasdan, ayrikosacha hosil qiladi. Gultoj barglar — kosachabarglardan ichki qavatga joylashgan gulbarglardan iborat. Rangi har xil. Tojbarglar ham tutash (pechak, karnaygul, kartoshka va b. gulida) va ayritoj (oʻsma, ayiqtovon, naʼmatak va b. gulida) boʻladi. Changchilar Gulning chang (mikrospora) hosil qiluvchi qismi. Ular uchinchi qavatni tashkil qiladi. Urugʻchi Gulning urugʻkurtak (makrospora) hosil qiluvchi qismi boʻlib, markazda joylashgan. Kosachabarglar bilan tojbarglar gulqoʻrgʻon deyiladi. Kosachabarglar bilan tojbarglarga aniq ajralgan gulqoʻrgʻon (oʻrik, olcha, sholgʻom va b. gulida) murakkab, bunday ajralmay, rangi bir xil boʻlgan gulqoʻrgʻon oddiy gulqoʻrgon deyiladi. Tojbarglarga oʻxshash, ochiq rangli oddiy gulqoʻrgʻon gultojsimon (lola, piyoz gulida), kosachaga oʻxshash yashili esa (lavlagi, shoʻra, otquloq va b. gulida) kosachasimon gulqoʻrgʻon deb yuritiladi. Hasharotlar vositasida changlanadigan G.lar gulqoʻrgʻoni yaxshi rivojlangan, shamol yordamida changlanadigan G.larniki esa uncha rivojlanmagan yoki butunlay yoʻqolib ketgan.
Urugʻ — urug`li oʻsimliklar generativ organi, nihol hosil qilish, tarqalish va tashqi noqulay sharoitlardan muhofaza qilish funksiyalarini bajaradi; odatda, urugʻlangandan keyin urugʻkurtakdan rivojlanadi; baʼzan urugʻlanmasdan ham rivojlanishi mumkin
Urug` murtak, po`st va koʻpincha zaxira oziq moddalar (endosperm, perisperm) dan iborat. Baʼzan Urug` da bir necha murtak boʻlishi mumkin. Murtak zaxira oziq moddalar hisobiga rivojlanadi; bu moddalar endosperm va perispermda toʻplanishi mumkin. Endosperm va perisperm boʻlmagan urugʻlarda zaxira oziq moddalar (oqsil, yogʻ, kraxmal, qand, vitaminlar va boshqalar) urugʻ pallalarda toʻplanadi. Urug` qobigʻi urugʻkurtak devoridan hosil boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar Urug`ining qobigʻi tashqi (etli, sersuv) va ichki (qattiq, quruq); boshqa oʻsimliklarniki qattiq, qalin yoki yupqa boʻladi. Urug` ning kattaligi va ogʻirligi har xil.
Xulosa qilib aytganda, o`simliklar morfologiyasi va ularni o`rganish orqalli o`simliklar olamining xilma-xilligi va tabiiy genafodi saqlab qolinadi. Ularni ko`paytirish, chatishtirish va yangi navlarni yaratishda o`simlik organlarining morgologik va anatomik tuzilishini chuqur billish zarur.
O`simliklar olami anorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiluvchi, qayta tiklash mumkin bo`lgan tabiatning mo`jizaviy organizmi bo`lib, modda almashinuvida boshlang`ich bo`g`im hisoblanadi. Inson uchun kerakli bo`lgan moddiy boylik, ya’ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg`i-energiya hamda qurilish materiallari asosan o`simlik mahsulotlaridir. Shuning uchun o`simliklar insonlarni turli ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy tabiiy resurslar sifatida ta’riflanadi. Shuning uchun tabiatdanoqilona foydalanish va uning xar bir bo`lagini asrab avaylashimiz zarur.