Traxeyalar uzun silindr shaklida bo‘lib, bir necha bo‘g‘inli,
Traxeyalar uzun silindr shaklida bo‘lib, bir necha bo‘g‘inli,
uzun va o ‘tkir- uchli o‘lik hujayralardan vujudga keladi. Bo‘g‘inlar ustma-ust joylashib naychalami shakllantiradi. Traxeyalar faqatgina yopiq urug‘li o'simliklarga xos bo‘lib, traxeyalarning o'rtacha
uzunligi 10sm bo‘ladi. Traxeidlar — bir hujayrali, urchuqsimon bo‘lib, ikki uchi o‘tkirlashgan. Ular traxeyalarga nisbatan kaltaroq bo'ladi. Traxeidlarning o'rtacha uzunligi 1 mm bo‘lib, oddiy qarag'ayda (Pinus sylvestris)4-7 mm ga bo‘lishi kuzatilgan. Traxeidlar ham o ‘lik hujayralardan tashkil topgan bo‘lsada, ulaming hujayra po'sti traxeyalar singari bir tekisda qalinlashmaydi. Natijada traxeidlarda ham halqasimon, spiralsimon, to‘rsimon hoshiyalar vujudga keladi.
Traxeidlar asosan ochiq urug‘li o'simliklarda uchrab, ular orqali ham suv va boshqa mineral tuzlar ildizdan barggacha ko‘tariladi (Traxeya va traxeidlar poya va ildizga mustahkamlik beruvchi to'qima vazifasini ham o ‘taydilar. Traxeidlar va traxeyalar o‘z funksiyasini bir necha yilgacha bajaradi.