Sitologiya fanining rivoj topishi to‘qimalar haqidagi fan gistologiyani rivojlanishiga ham asos bo‘ldi. To'qimalar haqidagi dastlabki tushunchalar 1671 -yilda Marchello Malpigi (1628-1694) va Neemiy Gryu (1641-1712) bir-biridan mustaqil holda yaratgan« O‘simliklar anatomiyasi» nomli asarlarida yoritilgan. 1807-yili G.Link to‘qimalami parenximatik va prozenximatik to‘qimaga ajratgan bo‘lsa, gistolog P. Van Tigem esa to ‘qimalarni tirik va o‘lik guruhga ajratgan. 1868-yilda fiziolog I. Saks o‘simlik to‘qimalarini bajaradigan vazifasi hamda ularning joylanishiga qarab uch guruhga:
qoplovchi,
o‘tkazuvchi
asosiy to‘qimalarga ajratishi hozirgi zamonaviy to‘qimalar klassifikatsiyasiga asos solgan.