Jayron — kichik, lekin chiroyli hayvon bo`lib cho`llarda yashaydi. Uning tanasi xushbichim, oyoqlari ingichka va uzun, kumkul rangida. Jayronning urg`ochilari shoxsiz, erkaklari shoxli bo`lib, shoxining uzunligi 27—41 santimetrga yetadi. Bahorda jayronlar bittadan bola tug`adi va dastlab bolasini o`tbutalar orasida berkitib olib yuradi, so`ngra onasi ketidan ergashib yuraveradi. Ilgari jayronlar poda-poda bo`lib yashar edi, so`nggi yillarda ularni betartib ov qilish tufayli ular soni juda kam qoldi. Jayron hozir «Qizil kitob»ga kiritilgan.

Qum charxiloni — o`rtacha kattalikdagi ilon bo`lib, uzunligi 45 sm. dan oshmaydi. Tanasi qumkul rangida, ikki yonida to`lqinsimon oq yo`l o`tgan, ular orqa tomonida ko`ndalang joylashgan oq dog`lari bilan tutashgan, boshida esa aniq butasimon naqshi bor.
Qum charxilonni qumlarda, eski xarobalarda, lyossli tekisliklarda, burgan chakalakzorlarda yashab, yoriqlarga, kemiruvchilariniga kirib ham oladi. U tirik tug`adi, kemiruvchilar, kaltakesaklar va mayda ilonlar bilan oziqlanadi. Xavf paydo bo`lganda u chammaraksimon o`radib olib, tanasidagi tangachalarini ishqalanishidan charx ovoziga o`xshash ovoz chiqaradi, bu xususiyat boshqa bironta ilonda uchramaydi.
Qum charxiloni zaharli bo`lib, chaqsa ancha xavf vujudga keladi, ba`zan o`limga olib keladi. Hozir uning zaharidan ilon chaqishiga qarshi zardob (sivorotka) olinmoqda. Qoraqurtning tabiiy dushmanlaridan biri arilar xisoblanadi. Arilar qoraqurtlarni o`ldirib yoki ularning tuxumlarini yo`q qilib, tabiiy ko`payishiga xalaqit beradi.
Qoraqurtlarning bir necha turlari bor. Jumhuriyatimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Jizzax viloyatlarida oq koraqurt (urg`ochisining uzunligi 10—12 mm, erkagining uzunligi 5 mm bo`ladi, zahari o`tkir), uzunligi 3 sm. gacha boradi) uchraydi.