O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar (2)
Karbonat angidridning konsentratsiyasi. Fotosintez uchun eng zarur bо‘lgan birikmalardan biri SO2 hisoblanadi. Uning miqdori havo tarkibida 0,03 foizni tashkil etadi. Bir gektar yer ustidagi 100 m havo qatlamida 550 kg SO2 bо‘ladi. Shundan bir kecha-kunduz mobaynida о‘simliklar 120 kg SO2 ni yutadi. Lekin atmosfsradagi SO2 ning miqdori tabiatda mavjud bо‘lgan karbonat angidridning doimiy miqdorini saqlab qoladi. Hatto atmosfera tarkibida SO2 ning asta-sekin kо‘payish jarayomlari sezilmoqda.
. Havo tarkibidagi SO2 ning miqdorini 0,03 foizdan to 0,3 foizgacha kо‘paytirish fotosintez jadalligini ham oshiradi. О‘simliklarni qо‘shimcha SO2bilan oziqlantirish, ayniqsa, issiqhonalarda о‘stiriladigan qishloqxо‘jalik ekinlari uchun foydaliqdir. Bu usul bilan ularning hosildorligini oshirish mumkin. Ammo qо‘shimcha SO2 bilan oziqlantirish faqat S3 usimliklarning hosildorligini oshirishga kuchli ta’sir etadi, S4 о‘simliklariga esa ta’sir etmaydi. Chunki S4 о‘simliklari о‘z tanasia SO2tо‘plash va undan foydalanish xususiyatiga ega.
Issiqxonalarda havo tarkibidagi SO2 miqdorini 0,2-0,3 foizga yetkazish, ayniqsa, sabzavot.о‘simliklariga yaxshi ta’sir etib, ularning hosildorligi 20-50 foiz va hatto 100 foizgacha kо‘payishi mumkinligi akiqlangan.
HARORAT. Harorat о‘simliklarning hamma tiriklk jarayonlariga ta’sir ztadi. Fotsintez jarayoni uchun asosan uchta harorat nuqtsi mavjuddr: 1) minimal — bu darajada fotosintez boshlanadi; 2) optimal - fotosintez jarayoni uchun eng qulay xororatrajasi; 3) maksimal — bu eng yuqori harorat darajasi bо‘lib, undan ozgina ortsa fotosintez tо‘xtab qoladi.
Harorat nuqgalarining darajasi о‘simlik turlariga bog‘liq bо‘ladi. Minimal haroratshimoliy kenglikda о‘sadigan о‘simliklar (qarag‘ay, archa va boshka laruchun - 15°S, tropik о‘simliklari. uchun esa 4-8°S atrofida bо‘ladi. Kо‘pchilik о‘simliklar uchun harorat 25-35°S bо‘lganda eng jadal fotosintez sodir bо‘ladi. Haroratning undan oshib borishi fotosintezni ham sekinlashtiradi va 40"S ga yetganda tо‘xtab qoladi.
Harorat 45" S ga yetganda esa ayrim о‘simtiklar о‘la boshlaydi. Ayrim chо‘l va adirlarda yashaydigan о‘simliklarda 58° S da xam fotosintez tuxtamay davom etadi. Umuman, fotosintez jarayoniga yorug‘lik, SO2 miqdori va harorat birgalikda murakkab aloqadorlikda ta’sir etadi.
SUV. Fotosintez jarayonida suv juda katta omildir. Chunki suv asosiy oksidativ substrat - xavoga ajralib chikadigan molekulyar kislorod va SO2 ni о‘zlashtirish uchun vodorod manbai bо‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari barglarning meyorida suv bilan ta’minlanishi: og‘izchalarning ochilish darajasini va SO3ning yutilishini, barcha fiziologik jarayonlarning jadallishni,fermentativ reaksiyalarning yо‘nalishini ta’minlaydi.
Barg tuqimalarida suvning juda kо‘p yoki kamligi (ayniqsa, qurg‘oqchilik sharoitida) og‘izchalarning yopilishiga, natijada fotosintez jadalligiga xam ta’sir etadi. Suv tanqisligi yoki kamchilligining uzoq muddatga davom etishi elektronlarning siklik va siklsiz transporti, yorug‘likda fosforlanish, ATFlarning hosil bо‘lish jarayonlariga salbiy ta’sir etadi.