O`simliklarning qishga chidamliligi va qishki-bahorgi davrda tuproq, ob-havo sharoitlarining ta’siri
Qishda o`simliklarga nafaqat manfiy harorat balki, qalin qor qoplami va muz qobiqlari hamda boshqa omillar ta’sir qiladi. Shuning bilan birgalikda qish fasli davomida qisqa muddatli yoki kеng nisbatan uzoq davrli havoning isishi ham kuzatilishi, qor buronlarining bo`lishi, qorsiz qishda esa achchiq izg’irin bo`lishi mumkin. Bularning barchasi o`simlikning kuchsizlanishiga, oxir oqibatda esa uning o`limiga olib kеlishi mumkin. Bunda faqatgina kuzgi ekinlar halok bo`lib qolmasdan, balki, ko`p yillik o`tlar va daraxtlar ham nobud bo`lishi mumkin. Noqulay omillarning barchasi qishki va bahorgi vaqtlarda turli hodisalarni yani dimiqish ho`llanish, ivish o`simliklarni qishki-bahorgi “kuyish”ga olib kеlishi mumkin. Shuning uchun ham qishga chidamlilik tushunchasi yuzaga kеlgan.
O`simliklarning “qishga chidamliligi”, bu o`simliklarning faqatgina sovuqqa emas balki, ularning qishlashi bilan bog’liq bo`lgan bir qancha noqulay omillar majmuasiga nisbatan chidamliligidir.
Dostları ilə paylaş: |