KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlararo har tomonlama
hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlarning
ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy
institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o’z
faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o’z fondlarini tashkil
etadilar. Bu fondlar orqali ma’lum bir davlat iqtisodiyoti yoki uning tarmoqlari
moliyalashtiriladi.
Mamlakatimiz ham qator xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili
yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Prezidentimiz Islom Karimov
O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “ Uzoq
muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma
kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik
loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan
iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki,
Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot
banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari
va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak
texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya
loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda”
1
Kurs ishining maqsadi: Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar
faoliyatini o’rganish, ularning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash va
1
“Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”.
Prezident
Islom
Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 2010-yil, 29-
yanvar
4
kelgusida rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqish, Islom taraqqiyot banki
faoliyati bilan tanishishdan iborat.