26
Yaponiya
zamonaviy
iqtisodiyotning
katta
ahamiyatga
ega
savdo
mamlakatlarining biridir. Yaponiya iqtisodiyoti yoqilg’i energiyasi va sanoat
xomashyosini import qilish bilan bog’liq. Bugungi kunda import tarkibi sezilarli
darajada o’zgargan:
xomashyo maxsulotlarini emas, balki tayyor maxsulotlarni
olib kirish birinchi o’ringa qo’yilgan. Yaponiya uchun
uning shakllanishining
barcha bosqichlarida savdo balansining saldosi ijobiy bo’lganligini ham alohida
takidlab o’tish lozim. Ammo ko’p yillar davomida mamlakat iqtisodiyatiga
mablag’lar oqimini ta’minlab turgan Yaponiya
tashqi savdosi pasayishga
moyilligi kuzatilmoqda.
Yaponiya iqtisodiyoti raqobatbardosh davlat yaratish va rivojlantirish uchun
yordam beradigan tashqi iqtisodiy aloqalar qurishga yo’naltirilgan. Yaponiya
iqtisodi uchun tashqi savdoga ixtisoslashuv harakterlidir.
Savdo aylanmasi
hajmining kattaligiga qaramasdan axoli jon boshiga to’g’ri keladigan tashqi savdo
ko’rsatkichini (2010 y. - 12189,37 AQSH dollari) baland deb aytib bo’lmaydi
chunki axoli soni bo’yicha Yaponiya dunyoda o’ninchi o’rinni egallaydi.
Tabiiy resurslardan mahrum bo’lgan mamlakat uchun tashqi savdo hayotiy
muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport masshtabi import uchun zarur valyuta
jamg’arishga kerak mablag’ darajasidan ancha oshadi.
Boshqa davlatlarga
sotiladigan 98,6% tayyor maxsulotlarga to’g’ri keladi, ulardan 74,1% - avtomobil
va uskunalarga to’g’ri keladi. Tashqi savdo aylanmasi bo’yicha u 2009-
yilda(1006,9mlrd. AQSH dollari) faqat AQSH, GFR va Xitoyga joy bo’shatib
turibdi.