I BOB: AGRAR MUNOSABATLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiyislohotlar tizimi.
Agrar sektordagi asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer aholining asosiy hayot kechirish faoliyatining negizi hisoblanadi. Mamlakatimizda agrar-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish natijasida qishloq xo’jaligida turlicha mulk shakllari, iqtisodiy subyektlarning turli-tumanligi bilan tavsiflanuvchi turli xil xo’jalik yuritish shakllari qaror topdi.
Bular mulkning hissadorlik, ishlab chiqarish kooperativlari shaklida namoyon bo’luvchi jamoa, yollanma va o’z mehnatidan foydalanuvchi xususiy mulk shakllaridir. Ayni paytda sohadagi islohotlarning natijasi o’laroq, yangicha xo’jalik yuritish shakllari paydo bo’ldi.
Bugungi kunda qishloq xo’jaligida mulkdorlarning mutlaqo yangi sinfi – fermerlar maydonga chiqdi va ularning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda.
Ushbu islohotning asosiy vazifasi yerni qayta taqsimlash turli mulkchilik shakllariga asoslangan bo’lib, yerdan samarali foydalanishdir.
Yerdan oqilona va samarali foydalanish ko’p jihatdan mamlakatda yuzaga kelgan yer munosabatlari orqali belgilanadi. Ular o’z navbatida yerga egalik qilish, undan foydalanish masalasida qishloqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar va davlat hokimiyati organlarining barcha darajalaridagi ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Respublikaning umumiy tuproq sharoitlari, relefi va boshqa o’ziga xosligi sharoitida mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish barqaror hosil olish, yerni suv resurslari bilan ta‘minlash va mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish omillari bilan chambarchas bog’liqdir.
Respublika bo’yicha sug’oriladigan yerlar maydoni umumiy ekin maydonining 98,2 % ni tashkil qiladi. Ushbu maydonni sug’orish uchun yiliga har bir gektarga o’rtacha 50 m3 ga yaqin suv sarflanadi. Suv resurslari taqchilligining kundan-kunga oshib borishi O’zbekiston iqtisodiyotining agrar sektorini rivojlantirishni chegaralovchi asosiy omil hisoblanadi. Bu birinchidan, kam suvdan yillar davrining boshlanishi, ikkinchidan, suv resurslarini taqsimlashda yuzaga kelgan davlatlararo muammolardan, uchinchidan, ularni xo’jasizlarcha ishlatishdan kelib chiqadi.
Iqtisodiy islohotlarning mohiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
qishloqda mulkiy munosabatlarni takomillashtirish hamda haqiqiy yer, mahsulot va mulk egalarini shakllantirish;
cheklangan yer-suv va boshqa moddiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga imkon yaratuvchi xo’jalik yuritish tizimini joriy etish;
fermer xo’jaliklari va aholiga xizmat ko’rsatuvchi tizim – ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish;
shartnoma munosabatlarini takomillashtirish, xo’jalik yurituvchi subyektlarning manfaatdorligini va javobgarligini ta‘minlash;
sanoat va aholini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta‘minlash.
Qishloq xo’jaligida yer, suv, mulk, baho, soliq, moliya va kredit islohotlari va ularning natijalari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoiti agrar sohadagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni taqozo etmoqda.
Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muammolari islohotlarning dastlabki bosqichida hamda O’zbekistonning bozorga o’tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Biz qishloqning ustun darajada rivojlanishini ta‘minlashni, qishloq xo’jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklashni o’z oldimizga vazifa qilib qo’ydik.
Qishloq xo’jaligini isloh qilish jarayonida ushbu sohada katta va ahamiyatli ishlar amalga oshirilmoqda. Mulkchilik munosabatlari tubdan qayta qurildi, ko’p ukladli, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar vujudga keldi, ularning maqsadga muvofiq faoliyat ko’rsatishi uchun huquqiy asoslar yaratilmoqda. Qishloq xo„jaligidagi islohotlarning asosiy maqsadi - inson omilining roli va ahamiyatini, uning ishlab chiqarishning pirovard natijalarini yuksaltirishdan mafaatdorligi va javobgarligini oshirishdan iborat.
Yer islohotlarini bosqichma-bosqich olib borish, birinchi navbatda, sug’oriladigan yerlarga tegishlidir. Shu sababli, yerdan foydalanuvchilarni kerakli suv bilan ta‘minlash, yerlarni ajratish mexanizmini ishlab chiqish masalasi yuzaga keladi. Avval suv xo’jaligi korxonalari byudjet tomonidan moliyalashtirilgan bo’lsa, endi bozor munosabatlari sharoitida suv uzatish va gidromeliorativ tizimlarga texnik xizmat ko’rsatish uchun pul to’lash kerak bo’ladi.
Yer munosabatlarini isloh qilish, o’z navbatida, suv xo’jaligi tizimida ham islohotlar o’tkazish zarurligini yuzaga keltirdi.
2012-2016 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya jihatdan qayta jihozlash dasturi to’g’risidagi qarorida quyidagilar amalga oshirilmoqda:
• agrar sohada mulk va xo’jalik yuritish shakllarini yanada rivojlantirish;
• yer resurslaridan samarali foydalanish;
• qishloq xo’jaligini tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalashni yanada rivojlantirish;
• suv ta‘minoti tizimlarini takomillashtirish va suv resurslaridan samarali foydalanish;
• dehqonchilik ekinlari tarkibini tarkibiy o’zgartirish va takomillashtirish, uning hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;
• chorvachilikni kompleks rivojlantirish,
Fermer xo„jaliklarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari quyidagilarda o’z aksini topdi:
1-bosqich.1991-1998 yillarda fermer xo’jaliklarini tashkil etish va faoliyat yuritishining asosiy meyoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi;
2-bosqich.1999-2002 yillarda zarar bilan faoliyat ko’rsatayotgan shirkat xo’jaliklarini tugatish, ular negizida fermer xo’jaliklarini tashkil etish jarayoni rivojlandi;
3-bosqich. 2003 yildan fermer xo’jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo’nalish sifatida belgilandi;
4-bosqich.2008 yilda fermer xo’jaliklarining yer uchastkalarini maqbullashtirish jarayoni amalga oshirilib, ularni iqtisodiy barqaror faoliyat ko’rsatishiga zamin yaratildi.
1 - bosqich. 1991-1998 yillarda fermer xo’jaliklarini tashkil etish va faoliyat yuritishining asosiy meyoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi. 1991-1997 yillar ichida qishloq xo’jaligida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, turli mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari yaratildi. Mamlakatimizda yirik xo’jaliklar ichida ichki fermer xo’jaliklari, tuman xokimlarining qarori bilan mustaqil fermer xo’jaliklari tashkil qilina boshlandi.
1992 yilda ―Dehqon xo’jaligi to’g’risida‖ qonun 1998 yil 30 aprelda ―Yer kodeksi, ―Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida‖gi, ―Fermer xo’jaligi to’g’risida‖gi, ―Dehqon xo’jaligi to’g’risida‖gi qonunlari qabul qilindi va shular asosida qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun to’la huquqiy asos yaratildi.
2 - bosqich. 1999-2002 yillarda zarar bilan faoliyat ko„rsatayotgan shirkat xo„jaliklarini tugatish, ular negizida fermer xo„jaliklarini tashkil etish jarayonini rivojlantirish boshlandi.
1999-2002 yillarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq zarar bilan faoliyat ko’rsatayotgan qishloq xo’jaligi korxonalarini sanatsiyalash jarayoni boshlandi. Sanatsiyalash davridan so’ng ham moliyaviy holati og’ir bo’lgan qishloq xo’jaligi korxonalarini tugatish va ular negizida fermer xo’jaliklarini tashkil etish jarayoni rivojlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli ―Qishloq xo’jalik korxonalarini fermer xo’jaliklariga aylantirish to’g’risida‖gi qarori qabul qilindi.
3-bosqich. 2003 yildan fermer xo’jaliklarini ustuvor yo„nalish sifatida rivojlantirish belgilandi. Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida‖gi PF-3226-sonli farmoni qabul qilindi; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 25 oktabrdagi ―2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi to’g’risida‖gi PF-3342- sonli farmoni (fermer xo’jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo’nalish sifatida, yer- suv, mexanizatsiya, moliya-kredit, soliq, sug’urta, infratuzilma obyektlarini rivojlantirish ko’zda tutildi);
―Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PQ-308-sonli qarori (kam ta‘minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga chorva moli berish, chorvachilikni va infratuzilma obyektlarini rivojlantirish masalalari);
―Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollar ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖gi qarori (kuchli ozuqa yetkazib berish va sotishga ixtisoslashgan 13 ta hududiy va 170 ta tuman birlashmalari hamda 1484 ta hududiy shahobchalar tashkil qilindi);
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabr ―Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyoji uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash chora tadbirlari to’g’risida‖gi 725-sonli qarori (hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyoji uchun mahsulot yetishtirayotgan fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash mexanizmi amaliyotga joriy qilina boshlandi. Bu maqsadda joriy yilda 60 mlrd. sum, 2009 yilda 120 mlrd. so’m ajratilishi ko’zda tutilgan).
4-bosqich. 2008 yilda fermer xo’jaliklarining yer uchastkalarini maqbullashtirish jarayoni amalga oshirilib, ularni iqtisodiy barqaror faoliyat ko„rsatishiga zamin yaratildi. 2008 yil 6 oktabrdagi 3077- sonli ―Fermer xo’jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalarini maqbullashtirish chora-tadbirlari bo’yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida maxsus komissiyani tashkil qilish to’g’risidagi farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishga asosan: fermer xo’jaliklari yer uchastkalarini maqbullashtirish jarayoni bilan mamlakatimizda fermerlik harakatini yanada rivojlantirishning to’rtinchi bosqichi boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |