Birinchidan,maqsadli kompleks dasturlarga muvofiq yangi ob’ektlarning ishga tushirilishi, ishlab turgan korxonalarni qayta jihozlash va kengaytirish natijasida 396,9 mingta ish o‘rinlari tashkil etiladi, shundan 130,8 mingtasi – sanoatda (shu jumladan, 15,5 mingtasi – kichik sanoat hududlarida), 69,3 mingtasi – xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 54,5 mingtasi – qishloq xo‘jaligida, 56,7 mingtasi – qurilishda, 45,8 mingtasi – ishlamasdan turgan korxonalarni tiklash hisobiga.
Hududlar bo‘yicha mazkur yo‘nalishda ish o‘rinlarining asosiy qismi Andijon (52,2 mingta), Farg‘ona (33,9 mingta), Qashqadaryo (34,0 mingta), Samarqand (28,7 mingta), Namangan (27,1 mingta), Surxondaryo (28,7 mingta), Sirdaryo (26,3), Buxoro (23,4 mingta), Toshkent (20,4 mingta) viloyatlarida va Toshkent shahrida (57,9 mingta) tashkil etiladi.
Ikkinchidan,xususiy, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasining kengaytirish natijasida 338,4 ming nafar kishining bandligi ta’minlanadi (3-rasm).
3-rasm. 2020 yilda xususiy, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasining kengaytirish hisobidan yaratiladigan ish o‘rinlari soni14. YAkka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq moliyaviy-iqtisodiy vositalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilda qabul qilingan maxsus Farmonlariga muvofiq xususiy mulkchilikni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish va investitsiya iqlimi va tadbirkorlik muhitini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
2020 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqa kichik biznes sub’ektlari uchun kreditlashning yuqori darajasi saqlanib qoladi – tijorat banklari tomonidan ushbu maqsadlarga 13,2 trln. so‘m mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bunda imtiyozli kredit resurslari asosan ishchi kuchi bozorida keskinlik mavjud bo‘lgan olis qishloq hududlarida ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.