Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti


I BOB. O’ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MAZMUNI VA MOHIYATI



Yüklə 91,31 Kb.
səhifə2/8
tarix04.07.2023
ölçüsü91,31 Kb.
#135685
1   2   3   4   5   6   7   8
Choriyev Baxodir

I BOB. O’ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MAZMUNI VA MOHIYATI
1.1. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqani boshqarish.
Sivilizastiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xo‘jalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona global jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga ko‘ra rivojlanadi, bu qonunlar xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor bo‘lishini kafolatlaydi.
Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslar taqchilligi va olisligi nafaqat alohida olingan davlat ichidagi hududlar o‘rtasida, balki turli davlatlar va jahon mintaqalari o‘rtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etadi.
Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy rivojlanish va aholining o‘sishi notekis yuz beradi, bu ham xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zaruratini yuzaga keltiradi; ushbu jarayonlar yangi bozorlar (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, moliya va boshqa bozorlar)ni rivojlantirishga, xomashyoni olib kirishga, texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi[1].
O‘zbekistonda ko‘plab korxona va birlashmalar, korporastiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investistiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmoqdalar va chuqurlashtirmoqdalar.
Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning sub‘ektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir.
Davlat sub‘ekti tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) tashqi iqtisodiy aloqalarni ro‘yobga chiqarish jarayonidir. Bu tushuncha O‘zbekistonda mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng keng qo‘llanila boshladi, chunki biz sovet xukumati davrida xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarda mustaqil ishtirok etish imkoniyatidan maxrum edik.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish 1991 yil 14 iyundagi O‘zbekiston Respublikasining ―Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g`risida‖ qonuni bilan tartibga solinadi, qonunning yangi tahriri 2000 yil 26 mayda e‘lon qilingan edi, va unga ko‘ra tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga ?aratilgan faoliyati tushuniladiariga ular zimmasiga davlat tomomnidan yuklangan huquq va majburiyatlarning tasarrufchilari kiradi. Bular o‘zini-o‘zi boshqaradigan hududlar, ularning mulkchilik shaklidan qat‘i nazar xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar (akstiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari, kichik va o‘rta korxonalar, xorijiy investistiyalar ishtirokidagi korxonalar, xususiy tadbirkorlar va hokazolar)dir.
Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro‘yobga chiqarish jarayonidir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va fanni ixtisoslashtirish, xo‘jalik hayotini baynalmillashtirish jarayonidan ob‘ektiv ravishda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi aalohida olingan mamlakatlarning o‘zaro aloqalari va bir-biriga bog`liqligining kuchayishi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari turli sohalarda: tashqi savdo, faoliyatining ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, investistiya, valyuta-moliya va kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib o‘tishda o‘rnatiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ana shu barcha turlarini quyidagi shakllarga birlashtirish mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar ko‘rsatish), qo‘shma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqa turlari. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlar amaliyotida, ayniqsa, keng tarqalgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar stivilizastiya mahsulotidir. Ular davlatlar paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning rivojlanishiga, ayniqsa, feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural xo‘jalikdan tovar-pul munosabatlariga o‘tilishi alohida davlatlarning milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayirboshlashida keskin sakrashni tug`diradi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida baynalmila aloqalar va xalqaro ayirboshlash kengayishi va chuqurlashishiga olib keldi.
Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub‘ektlari o‘rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish – iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi. Ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo, uning ishlab chiqarish, savdo, investistiyaga oid va moliyaviy faoliyatini qamrab oladi.



Yüklə 91,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin