3. O’QITISHNING TO‘LOV MIQDORI, MUDDATLARI VA TO‘LASH TARTIBLARI 3.1 2022-2023 o‘quv yilida o‘qitishning belgilangan yillik to‘lov miqdori : 12000000 (o`n ikki million) so‘mni tashkil etadi.
3.2 Talaba yoki jismoniy shaxs to‘lovlarni amalga oshirishi uchun har bir o‘quv yilida alohida
shartnoma rasmiylashtiriladi.
3.3 O’qitish uchun to‘lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: To‘lov-kontrakt semestrlarga va
choraklarga bo‘lib to‘langanda: - o‘qishga birinchi yil qabul qilinganlar (abituriyentlar) to‘lov-
kontrakt summasining 50 foiz (talabalikka qabul qilinishi uchun) miqdorini shartnoma imzolangan
kundan boshlab 10 ish kunidan kechiktirmay to‘lashi shart, qolgan to‘lovni ikkiga bo’lib to‘laganda,
to‘lovni 25 foizini 2023 yilning 15 martigacha, joriy o‘quv yildagi to‘lov - kontraktning oxirgi to‘lovini
2023 yilning 15 mayigacha to‘lashi shart;
3.4 Shartnomaning 3.3-bandida ko‘zda tutilgan to‘lov muddatlarini o‘zgartirish talabaning asosli
sabablari ko‘rsatilgan holdagi yozma murojaatiga ko‘ra Universitet kengashining qarori asosida
qabul qilinadi va bir semestr mobaynida amal qiladi.
3.5 Talaba Universitetning Ichki-tartib qoidalarini yoki o‘quv intizomini buzganligi, shartnoma
shartlarini bajarmaganligi uchun o‘qishdan chetlashtirilganda o‘qigan davri uchun to‘langan
to‘lovlar qaytarib berilmaydi. Talabaning o‘qigan davriga mos ravishda to‘lovlar to‘lanmaganligi
aniqlanganda, uni o‘qishga qatnashgan davri uchun to‘lov ixtiyoriy yoki sud tartibida undiriladi.
3.6 Qo‘shimcha-kontrakt to‘lovi asosida qabul qilingan talabalar o‘quv yilining ikkinchi semestridan
uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganda, keyingi o‘quv yilda, o‘qishni davom ettirishi uchun
mazkur shartnomada belgilangan summaning to‘lagan taqdirda o‘qishni davom ettirishi mumkin.
3.7 Talabaga Universitet tashabbusi bilan talabalar safidan chiqarilganda, avvalgi to‘lagan pul
mablag‘lari qaytarilmaydi.
3.8 Talaba akademik fanlarni talab darajasida o‘zlashtirmaganda, kursdan kursga qoldirish nazarda
tutiladi, bunday holda kontrakt to‘lov talaba tomonidan har bir o‘qigan davriga mos ravishda
to‘lanadi.
3.9 Talaba kontrakt to‘lov mablag‘larini amalga oshirib o‘qishni boshlaganda, ayrim sabablarga ko‘ra
(yashash joyi o‘zgarib ko‘chib ketganda, moliya ahvoli cheklanganda va x.k.) talabaning mazkur
Universitetda o‘qish imkoniyati cheklanganda yoki istagi yo‘qolganda, talaba o‘quv jarayonining
birinchi10 kunligida Universitet ma’muriyatiga bu haqda yozma murojaat qilishi shart, aks holda
to‘lov kontrakt mablag‘lari qaytarilmaydi.
3.10 Talabaning ta’lim xizmatlari uchun to’lov uchinchi shaxs (jismoniy va/yoki) yuridik shaxs
tomonidan to’liq va/yoki qisman to’lanishi mumkin. Universitet talaba va uchinchi shaxs o’rtasidagi
munosabatlar bo’yicha hech qanday mas’uliyatga ega bo’lmaydi va javobgar bo’lmaydi. Talab ava
uchinchi shaxs (buyurtmachi) o’rtasidagi munosabatlar ular o’rtasida imzolanadigan bitim asosida
tartibga solinadi. Bunday bitim Universitet uchun majburiyatlar yaratmaydi.