Osiyo xalqaro universiteti


T.r. Mustaqil ta’lim m



Yüklə 377,24 Kb.
səhifə5/8
tarix30.09.2023
ölçüsü377,24 Kb.
#151280
1   2   3   4   5   6   7   8
axborot tiz ID

T.r.

Mustaqil ta’lim mavzulari

Soatlari
hajmi

Kunduzgi

Sirtqi

1

Tashkilotlarda axborot tizimlariga kirish.

6

8

2

Ma’lumot, axbotor va bilim.

6

8

3

Global iqtisodiyotda axborot tizimlari.

6

8

4

Kompyuter tizimlari turlari.

6

8

5

Kompyuter tizimlari: turli texnologiyalar bilan integratsiyasi.

6

8

6

Dasturiy ta’minot tizimi.

6

8

7

Ma’lumotlar bazasi tizimi.

6

8

8

Telekominikatsiyalar, Internet, Intranet, Extranet.

6

8

9

Dinamik tizimlar haqida tushuncha.

6

8

10

Statik tizimlar haqida tushuncha.

6

8

11

Ochiq tizimlar haqida tushuncha.

6

6

12

Yopiq tizimlar haqida tushuncha.

6

6

13

Murakkab tizimlar haqida tushuncha.

6

6

14

Sodda tizimlar haqida tushuncha.

6

6

15

Axborot tizimlarida Internetning funksiyalari.

6




Semestr uchun jami:

60

104



VII. Baholash mezoni
Baholashni shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz: dastlabki baholash va asosiy baholash.
Dastlabki baholashda talabaga ma’ruza mashg’uloti, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim nazoratlari bo’yicha baho qo’yiladi. Talaba har bir mavzu bo’yicha nazorat uchun qo‘yilgan talablarning kamida 60 % ni bajarsa ijobiy baholanadi.
Dastlabki baholashda fandan talabaning olgan baholarini rasmiylashtirish uchun fakultet dekanatlarida dastlabki baholash qaydnomasi tashkil etiladi. Unda barcha nazoratlar bo‘yicha baholar qo‘yiladi va o‘rtachasi aniqlanadi, o‘rtacha baho ijobiy bo‘lsa Yakuniy nazoratga ruxsat beriladi. Birta nazoratdan qoniqarsiz baho olganda ham o’rtacha baho hisoblanmaydi va talaba Yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Asosiy baholashda talaba fandan yakuniy nazorat topshiradi, bunda ham kamida 60 % to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ijobiy baholanadi.
Yakuniy nazorat yozma ish shaklida olinganda talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 90 ÷ 100 % oralig’ida 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 70 ÷ 89,9 % oralig’ida 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatiini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 60 ÷ 69,9 % oralig’ida 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho.
Yakuniy nazorat test sinovi shaklida olinganda test variantiga 25 ta savol beriladi. Bunda talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
to’g’ri javoblar foizi 0 ÷ 59,9 % oralig’ida bo’lganda – 2 (qoniqarsiz) baho;
to’g’ri javoblar foizi 60 ÷ 69,9 % oralig’ida bo’lganda – 3 (qoniqarli) baho;
to’g’ri javoblar foizi 70 ÷ 89,9 % oralig’ida bo’lganda – 4 (yaxshi) baho;
to’g’ri javoblar foizi 90 ÷ 100 % oralig’ida bo’lganda – 5 (a’lo) baho.







Yüklə 377,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin