Fan o`qitilishining natijalari (shaxkllanadigan kasbiy kompetentsiyalar) VII. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalar Talaba:
ingliz tilini xalqaro til bilish darajasiga ko’ra (CEFR) kamida B1+-B2 darajada o’zlashtirishi;
tinglash, tushunish va muhokama qilish uchun bosqichma-bosqich turli tilmateriallari bilan ishlash usullari to’g’risida tasavvurga ega bo'lishi;
o’z fikr va mulohazalarini ingliz tilida mantiqiy bayon etishni;
chet tilidagi og’zaki shakldagi ma’lumotlarni tushunish maqsadida turli strategiyalarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
ingliz tilida chop etilgan turli matbuot materiallari va axborot beruvchi boshqavositalardan olingan autentik til materiallarini tushuna olish va ularni tahlil qilish,
ingliz tilida og’zaki nutq jarayonida ravon so’zlasha olish malakalariga ega bo’lishi.
4
VIII. Ta`lim texnologiyalari va metodlari: interfaol keys-stadilar;
amaliy mashg‘ulotlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruh, mikroguruh bo‘lib ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5
IX. Kreditlarni olish uchun talablar: Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumyevropa kompetensiyalari: o’rganish, o’qitish va baholash” to’g’risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR)ga ko’ra ingliz tilida B1+-B2 darajaga mos keladigan til materiallarni o‘qib, ular mazmunini og’zaki bayon etish, matnni tahlil qilish, mavzularga oid turli matn turlarini tinglab mazmunini tushunishlari va o’z fikrlarini og’zaki ravishda ravon ifoda eta olishlari hamda oraliq nazorat shakllarida berilgan topshiriqlarni va mustaqil ta’lim vazifalarini bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha test topshiriqlarni muvaffaqiyatli topshirish.