341
uzatilayotgan tovushni, tasvirni yoki boshqa multimediali axborotlarni buzilishiga
olib keladi. O‗lchashlar orasidagi vaqt bo‗yicha 200
mks ga surilish talaffuz
qilinayotgan so‗zlarni tanib bo‗lmas holatga olib keladi.
Shu bilan birga o‗lchamlardan biri yoqotilsa va qolgan o‗lchashlar
orasidagi sinxronlash saqlab qolinsa amaliy jihatidan tovushni hosil qilishga ta‘sir
etmaydi. Bu raqam-analog o‗zgartiruvch qurilmaning silliqlashini hisobiga sodir
bo‗ladi, uning ishi har qanday signalning inersionligiga asoslangan – tovush
tebranishlarining amplitudasi juda tez qisqa vaqtda katta qiymatga o‗zgara
olmaydi.
Umuman tarmoqda vaqt bo‗yicha paketlarni
yetkazish aniqligiga
navbatlarning ta‘sirini ifodalovchi ko‗rsatkichi xizmat ko‗rsatishning sifat
ko‗rsatkichi (Quality of Sevice, QoS) deb ataladi.
Bu ko‗rsatkichlarga odatda quyidagilar kiradi:
paketni yetkazishdagi ushlanish (tovush uchun 150 ms dan ortiq emas);
paketni yetkazishdagi surilishlar (80 – 100ms dan ko‗p bo‗lmasligi);
paketlarni navbatda yo‗qolish ulushi (1 % dan kam bo‗lishi).
QoS ko‗rsatkich talablarini ta‘minlash usullaridan biri ushlanishlarga sezgir
trafikni uzatuvchi paketlarga (kadrlar, yacheykalar)
ustunlik bilan xizmat
ko„rsatish.
Bugungi kunda navbatlarni ustunliklarga qarab
tashkil qilinishini IP-
marshrutizatorlari tomonidan ham va shuningdek Ethernet
kommutatorlari
tomonidan ham quvvatlanadi.
Loyihalashtiruvchilarning ATM yacheykalarining uncha katta bo‗lmagan
o‗lchamli va qayd qilingan qilib tanlashlarining sabablaridan biri ustunlikka ega
yacheykalar uchun navbatda kutish ushlanishini kamaytirishga urunishdan iborat.
Gap
shundaki, tarmoqlarda axborotlarni uzatishda
nisbiy ustunlik
bilan
xizmat
ko‗rsatish algoritmi joriy etiladi, shunga mos ravishda eng yuqori ustunlik bilan
tugunga kelgan yacheyka navbat boshiga jo‗natilsa ham,
hozirda ishlov
berilayotgan yacheykaning uzatilishini to‗xtatmaydi, uning uzatilib bo‗lishini