356 qilish uchun yaxshi asos ham yaratadi. CSPE protokoli tanlagan yo‗lni hosil qilish
uchun RSVP TE protokoli xizmat qiladi. Yana shuningdek yo‗l tanlashni tashqi
optimal rejalashtirish tizimi yoki to‗liq qo‗l yordamida amalga oshirish ham
mumkin.
MPLS VPN. Bu qo‗llanish sohasida tarmoqdan foydalanuvchilar o‗rtasida
trafikni chegaralash orqali xususiy virtual tarmoq (Virtual Private Network, VPN –
virtualniye chastniye seti)
xizmatlarini havola qilishi mumkin. O‗z nomi virtual
xususiy tarmoqdan kelib chiqadiki, u qandaydir qilib
real xususiy tarmoq
xususiyatlarini hosil qiladi. Xususiy tarmoq to‗liq bitta mulk egasiga tegishli
bo‗ladi (korxona, kompaniya), u boshqa tarmoqlardan ajratilgan, demak u quyidagi
xususiyatlarga ega: yuqori xavfsizlik, ega bo‗lish, bashorat qilsa bo‗ladigan
o‗tkazish imkoniyatli, manzil va nom tanlashda mustaqillik kabilar.
VPN
texnologiyasi bir necha korxonalar bilan birgalikda ishlatilayotgan tarmoqda
(masalan, provayder tarmog‗ida), sifati bo‗yicha xususiy tarmoq servislariga yaqin
servisni hosil qilishga imkon beradi. Bir necha VPN texnologiyalari mavjud,
ulardan bittasi masalan, trafikni shifrlashga asoslangan. MPLS VPN ushbu
variantida virtual kanallar texnikasi qo‗llaniladi, paketlarni kommutatsiyalashli
ommabop tarmoq infrastrukturasida xususiy tarmoq xususiyatlarini tashkil qilish
tamoilini kafolatlaydi. Bu quyidagi bilan tushuntiriladi, IP dagidek deytogammali
tarmoyqlardan farqli (Internet ham IP ga asoslangan), ularda har bir tugunga har
bir tugun bilan muloqot qilishga ruxsat etiladi, virtual kanalli tarmoqlarda esa
tugunlar bilan muloqot mumkin, agarda ular o‗rtasida virtual yo‗l o‗tkazilgan
bo‗lsagina. Bunday turdagi VPN ni tashkil etish uchun Frame Relay xizmatlari
keng ishlatilgan edi, hozirgi vaqtda esa bu maqsadda MPLS xizmatlaridan
foydalanilmoqda.