Основы пакета


 IPv6 versiyasida adreslash va adreslar yozuvlarini taqdim etilishi —



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə334/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

1.3.2. IPv6 versiyasida adreslash va adreslar yozuvlarini taqdim etilishi — 
arxitekturasi
 
Adreslarning 
uchta 
turi 
mavjud: 
Unicast: Birlik interfeys identifikatori. unicast adresdan yuborilgan paket 
adresda ko‘rsatilgan interfeysga yetkaziladi. Anycast: turli tugunlarga tegishli 
bo‘lgan interfeyslar to‘plamini identifikatsiyalovchi. Anycast adresdan 
yuborilgan paket adresda ko‘rsatilgan interfeyslardan biriga yetkaziladi 
(marshrutlashtirish protokolida belgilanganlardan eng yaqini). 
Multicast: Turli tugunlarga tegishli bo‘lgan interfeyslar to‘plamini 
identifikatsiyalovchi. Multicast adres bo‘yicha yuborilgan paket ushbu adres 
tomonidan berilgan barcha interfeyslarga yetkaziladi. IPv6 da keng ravishda 
oldindan xabar beruvchi adreslar mavjud emas. Ularning funksiyalari multikast 
adreslarga o‘tkazilgan. 
IPv6 adreslarini matn satrlari ko‘rinishida ifoda etishning uchta standart 
shakllari 
mavjud: 
1. Asosiy shakli x: x: x: x: x: x: x: x ko‘rinishiga ega. Bunda «x» — 16 bitlik — o‘n 
oltilik sonlar. Misollar: 


 
447
FEDC:BA98:7654:3210:FEDC:BA98:7654:3210 
1080:0:0:0:8:800:200С:417А 
E’tibor qiling, har bir muayyan maydonlarda boshlang‘ich nollarni yozishga 
hojat yo‘q, biroq har bir maydonda hech bo‘lmaganda bitta raqam bo‘lishi lozim 
(2-bandda bayon etilgan holatdan tashqari). 
2. IPv6 adreslari ayrim turlarida ko‘pincha o‘zlarida nolli bitlarning uzun 
ketma-ketligini mujassamlashtiradi. Nol bitlik adreslar yozuvini qulayroq qilish 
uchun, ortiqcha nollarni olib tashlash uchun maxsus sintaksis nazarda tutilgan. 
« :: » yozuvidan foydalanish 16 ta nollik bitlardan iborat guruhlar borligiga 
ishora qiladi. « :: » kombinatsiyasi faqatgina adres yozilishida paydo bo‘lishi 
mumkin. « :: » ketma-ketligi, shuningdek, yozuvdan adresdagi boshlang‘ich va 
yakunlovchi nollarni olib tashlash uchun foydalanilishi mumkin. Masalan: 
1080:0:0:0:8:800:200С:417А 
unicast 
adres 
FF01:0:0:0:0:0:0:43 
multicast 
adres 
0:0:0:0:0:0:0:1 teskari aloqa adresi 
quyidagi ko‘rinishda ifoda etilishi mumkin: 
1080::8:800:200С:417А 
unicast 
adres 
FF01::43 
multicast 
adres 
:: 1 teskari aloqa adresi 
3. IPv4 va IPv6 larda ishlash uchun qulayroq bo‘lgan yozuvning muqobil shakli 
bo‘lib, x:x:x:x:x:x:d.d.d.d xizmat qiladi, bunda «x» — adresning o‘n oltinchilik 16 
bitlik kodlari, «d» esa — adresning kichik qismini tashkil etuvchi o‘nlik 8 bitlik 
kodlari (standart IPv4 ifodasi), Misol uchun: 
0:0:0:0:0:0:13.1.68.3 
(siqilgan 
ko‘rinishda 
::13.1.68.3) 
0:0:0:0:0:FFFF:129.144.52.38 (siqilgan ko‘rinishda ::FFFF:129.144.52.38) 

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin