112
1.4§ Xotira qurilmalari
Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so‘ng, tezkor xotira (OZU)dagi
barcha ma‘lumotlar o'chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda o‗chgan
ma'lumotlarni qayta tiklab bo'lmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni saqlashda,
elektr energiyasiga bog'liq bo'lmagan, ma'lumotlarni saqlash qurilmalaridan
foydalaniladi.
Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlani
saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari
quyidagi turlarga
bo'linadi:
-
Magnitli saqlash qurilmasi.
-
Optik saqlash qurilmasi.
-
Elektr saqlash qurilmasi.
Endi har bir turiga qisqacha to'xtab o'tamiz.
Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash
vositasi hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni
barcha
ma'lumotlar magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi
xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar (ishchi kompyuterlar,
serverlar, portativ
kompyuterlar) foydalanishadi.
Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi:
-Qattiq disklar (HDD).
-Egiluvchan disklar (floppi disk).
-Magnit lentalar.
Qattiq diskni (vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish
mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi.
Hajmi ham har xil bo'ladi (250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb).
Hajmi qanchalik katta
bo'lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma'lumotlarni
o'qish va yozish tezligi ham narxiga ta'sir qiladi. Bu xotira turiga tashqi qattiq