121 1.4.4. Fayl menedjerlari Fayllar bilan ishlash. Fayl
- bu tizimda o‗z nomi va bayoniga ega bo‗lgan
mantiqiy bog‗liq yozuvlar majmuidir. Fayl nomidan foydalanib, unga
birlashtirilgan ma‘lumotlarga murojaat qilish mumkin. Fayllarda ixtiyoriy
axborotni saqlash mumkin. Axborotlarni kompyuter orqali qayta ishlash mumkin.
Foydalanuvchilar fayllarga jamlangan ma‘lumotlarni ochishi, o‗zgartirishi,
saqlashi, o‗chirishi yoki chop etish qurilmalariga yuborishi mumkin.
Fayl nomi va uning tavsiflari maxsus yozuv boshqaruvchisi–fayl belgisida
bo‗ladi. Tizimdagi mavjud barcha fayllar, ularni saqlash manzillari bilan birgalikda
maxsus katalogga yoziladi, uning yordamida fayllarni nomi bo‗yicha avtomatik
tarzda izlash ta‘minlanadi. Faylning to‗liq nomi ikki qismdan iborat bo‗ladi:
a) Fayl nomi.
b) Nuqta bilan ajratib yozilgan fayl kengaytmasi.
Odatda, fayl nomida fayl kengaytmasi bo‗lishi shart emas. Agar u mavjud
bo‗lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlash mumkin bo‗ladi va foydalanuvchi
uchun qulaylik yaratiladi. Masalan, Informatika.txt deb nomlangan faylning fayl
kengaytmasi-.txt. Bu kengaytma orqali biz faylning matn muharririga tegishli
ekanligini bilishimiz mumkin. Fayl atributlari
esa, katalogda berib borilayotgan
fayl nomi, turi, sanasi va vaqtini aniqlaydi.
Papka bu-foydalanuvchilar yaratgan dastur va fayllar saqlanuvchi grafik
interfeysga ega bo‗lgan konteyner. Ekranda ushbu
ko‗rinishga ega bo‗ladi.
Diskdagi dastur va hujjatlarni saralash uchun papka ishlatiladi. Shu bilan bir
qatorda papkada dastur va hujjatlardan tashqari fayllar jamlangan boshqa papkalar
ham bo‗lishi mumkin. Fayl va papkalarni nomlashda quyidagi belgilar
ishlatilmaydi: /, /, *, ?, :, !, ―, <, >.