23
1.5-rasm. Hisoblash mashinalarida axborotlarni ifodalanishining ikki
shakli.
Analog yoki uzluksiz hisoblash mashinalari uzluksiz
shakldagi axborotlar
bilan ishlaydilar, yaʻni qandaydir fizik kattalikdagi uzluksiz qatorga ega bo‗lgan
qiymatlar ko‗rinishida (ko‗pincha elektr kuchlanishi).
AHM juda sodda va
foydalanishga qulay, bu mashinada ishlash uchun,
masalalarni dasturlash uchun,
odatda, ko‗p mehnat talab etilmaydi. Masalani yechish tezligi operatorning xohishi
bo‗yicha o‗zgarishi mumkin va xohlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish
mumkin (RHM qaraganda yuqori), ammo masalani
yechish aniqligi juda past
(nisbiy xatoligi 2–5 % gacha). AHMda murakkab mantiq talab etilmaydigan va
tarkibida differensial tenglama bo‗lgan matematik masalalar samarali yechiladi.
Elektron AHMni ko‗pincha elektron modellashtiruvchi mashina deb ham ataydilar,
chunki masalani yechish uchun ularda tadqiqot qilinayotgan tizimning fizik modeli
yaratiladi. To‗g‗ri, xuddi shu asosda, elektron RHMni ham shunday atash mumkin,
vaholanki, ularda ham yechiladigan
masala modeli yaratiladi, ammo model
abstrakt, matematikdir.[4]
GHM (aralash (gibrid) hisoblash mashinasi) yoki kombinatsiyalashtirilgan
hisoblash mashinasi raqamli va uzluksiz shaklda ifodalangan
axborotlar bilan
ishlaydi. Ular o‗zida AHM va RHM afzalliklarini mujassamlashtirgan bo‗ladi.
GHMdan murakkab, tez ishlovchi, texnik majmualarni boshqarish masalalarini hal
qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
U
U
t
t
Uzluksiz shaklda
Raqamli impuls shaklida