369 bir qatorda analog telefon axborotini yoki kabel televideniyasining signallarini
ham loyihalashtirilganiday uzatilishini ta‘minlashi kerak bo‗ladi.
Internetga eng oddiy ega bo‗lish varianti bu korporativ tarmoq serverlari
bilan himoyalanmagan ulanish, bunday ulanishning yomon oqibatlarga olib kelish
xavfi mavjud. Birinchidan, Internet orqali uzatiladigan sirli axborotlarni begonalar
olishi mumkun yoki o‗zgartirishi mumkin. Ikkinchidan, bunday usulda korporativ
tarmoq maʻmuri o‗z tarmog‗iga ruxsat etilmagan foydalanuvchilarga ega
bo‗lishlarni cheklashi qiyin bo‗ladi, chunki korxona xizmatchilarining IP-manzili
oldindan ma‘lum emas. Shuning uchun korxonalar himoyalangan ega bo‗lishda
virtual xususiy tarmoqlarga (VPN) asoslangan texnologiyadan foydalanishni afzal
ko‗radilar.
BOB BO„YICHA MASALALAR ECHISH: 1-masala: Berilgan ikkita IP manzillarni bitta tarmoqda joylashgan yoki
joylashmagan ekanligini tekshirish.
Berilgan: birinchi kompyuterning IP konfigurasiya qiymatlari: IP 192.168.2.1 TH 255.255.0.0 Ikkinchi kompyuterning IP konfigurasiya qiymatlari:
IP 192.199.2.1
TH 255.200.0.0
Buning uchun quyidagi tartibda vazifalarni bajarib chiqamiz, dastlab berilgan har
ikki kompyuterlarni IP manzillarini ikkilik sanoq tizimiga almashtirib
qo‗yidagilarni hosil qilamiz:
1-Kompyuterning IP manzillari:
IP: 11000000.10101000.00000010.00000001
TH: 11111111.11111111.00000000.00000000
Ikkilik sanoq tizimiga o‗tkazilgan IP ma‘lumotlar IP manzil va TH o‗zaro mantiqiy
ko‗paytirilib quyidagi natijalarni olamiz:
IP: 11000000.10101000.00000010.00000001
TH: 11111111.11111111.00000000.00000000
11000000.10101000.00000000.00000000
Olingan natijani o‗nlik sanoq tizimiga o‗tkazib quyidagilarni hosil qilmiz:
192.168.0.0