1.4. IPv4 va IPv6 protokollarini solishtirish Ushbu ikki protokollar haqida keltirilgan ma’lumotlardan so‘ng, ularni solishtirib ko‘rib, jadval tuzamiz. Изм. Лист № документа Подпись Дата Лист 447
KURS ISHI5311000.0001 T.YO .
448 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bu ikki protokol bir-biri bilan solishtirilganda ustunlik va kamchiliklari bor. IPv6 protokolida xavfsizlik choralari ko‘rilgani, ya’ni IPSec protokolining ishini osonlashtirish uchun qo‘shimcha maydon qo‘shilganligi, ma’lumotlarning yetib borishi sifati va ishonchliligi, IPv6 asosidagi qurilgan tarmoqning sodda arxitekturaga ega bo‘lishi, ya’ni NAT — tarmoq manzillarini ishlatmagan holda end-to-end asosida ishlashni tashkil etgani uchun ham bu protokolga o‘tish eng to‘g‘ri yechimdek ko‘rinishi mumkin, ammo hozirdagi ko‘plab tarmoq qurilmalarining IPv6 protokolini qo‘llab- quvvatlamasligi, ko‘plab kontent ma’lumotlardan IPv6 orqali foydalanish ilojsiz bo‘lgani, qurilmalarni yangilash uchun esa katta xarajat va vaqt talab etilishi bu protokolni qo‘llashda ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirda IPv4 adreslari qolmagani va keyingi ulanayotgan yangi foydalanuvchilarni faqat IPv6 orqali adreslash mumkin bo‘lganligi, IPv6 protokoliga o‘tish muqarrarligini anglatadi. Umuman ta’kidlash mumkinki, yangi texnologiyalar yaratilayotgani, Internet foydalanuvchilarining tobora oshib borayotgani noyob IP adreslarga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda. Bo‘sh IPv4 adreslari qolmaganligi sababli hozirda IPv6 protokoliga o‘tish yuzasidan global darajada ish olib borilmoqda. Изм. Лист № документа Подпись Дата Лист 448
KURS ISHI5311000.0001 T.YO .