Ota bobolarimizni qo'llarini duoga ochishganda; “Ilohim jannatmakon yurtimiz tinch bo'lsin. Yurtimizga ko'z tegmasin”- deb duo qilishadi. Ushbu duo zamirida Alloh taoloning muborak kalomidagi Ibrohim (a s.) duolari esga tushadi



Yüklə 16,45 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü16,45 Kb.
#95638
23mttt


“islom dini odamlarni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni avaylab asrashga da’vat etadi” mavzusida ma’ruza
Ota bobolarimizni qo'llarini duoga ochishganda; “Ilohim jannatmakon yurtimiz tinch bo'lsin. Yurtimizga ko'z tegmasin”- deb duo qilishadi. Ushbu duo zamirida Alloh taoloning muborak kalomidagi Ibrohim (a.s.) duolari esga tushadi. U zot yashab istiqomat qilgan yurtlari Makka haqiga: "Ey Robbim, bu (Makka)ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin!” deb-duo qildilar (Baqara, 126). Shu duo necha minglab yillarki, insoniyat tilida o'xtamaydi. Haqiiqatan, insonga ko'pgina ne'matlarni berilgan bo'lsayu-u, tinchlik ne'mati bo'lmasa, boshqa e'matlarning lazzati tatimaydi.
Tinchlik so'zi arab tilida “salami”, “islom” ma'nolarini o'z ichiga oladi. Sakkizta jannat bo'lsa, birining nomi “Darus-salam”, yana bir ma'nosi “amn”. Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi: 
“Albatta taqvoli zotlar (u kunda) osoyishta joyda” , “Ular u joyda xotirjam bo'lgan hollarida har turli mevani chorlaydilar” (Duxon, 51 – 55). Ushbu oyatlar mazmunida ham jannatning jannatligi tinch va xotirjamligida ekani ma'lum bo'ladi. Keksalarimizni yana “Jannatmonand yurtiimzga ko'z tegmasin”, deb duo qilishadi. Yurtning jannatga qiyos qilinishi uning tinchligida va shu zaminda yashayotgan kishilarning osoyishta xayot kechirayotganlari bilan bog'liq. Demak, tinchlik xukm surayotgan diyorni jannatga qiyos qilsa arziydi.
Hadisi sharifda: “Kishi ertalab uyqudan uyg'onib tursa, uning oilasi tinch, tani sog', uyida yegulik ozuqasi barqaror bo'lsa, ne'matlarning barchasiga muyassar bo'libdi”, deb marhamat qilinadi. Bunga shukr qilish kerak. Ammo ne'matlarning osoyishtaligi, barqarorligi, bardavomligiga rahna solishga urinayotgan, jamiyatning taraqqiyotiga to'siq bo'layotgan, tinch aholiga buzg'unchilik ta'sirini o'tkazuvchi kuchlardan saqlanish ham shukronalikning asosiy tamoyilidir. Alloh taolo: “Ezgulik va taqvo (yo'li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo'li)da hamkorlik qilmangiz!” (Moida, 2) deb, dinning mazmun-mohiyatida faqat yaxshilik qilishga chaqirilganini ta'kidlamoqda.
Zero, Qur'oni karimning bir necha o'rinlarida odamlar ichida buzg'unchilik, ig'vo, fitna, noshukurlik holatlarini keltiruvchi salbiy harakatlardan qaytarilgan.
Ayni paytda, buzg'unchi g'oyalarni tarqatuvchi toifalarga nisbatan murosasizlik har bir musulmonning shiori bo'lishi kerak. Ulaboyeva Sug’diyona, Saidqulova Sevara, Mamashukorova Feruza, Aliqulova Fotima va boshqalar qatnashdi.

23 DMTT Direktori: N.D.Xolliyeva
Yüklə 16,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin