o`qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, amaliy ishlash usuli.
o`qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o`zaro o`rganishga asolangan frontal, kollektiv va guruh.
o`qitish vositalari o`qitishning an`anaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir qatorda - komp’yuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so`rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o`quv mashg`uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko`rinishidagi o`quv mashg`ulotlarini rejalashtirish, qo`yilgan maqsadga erishishda o`qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o`quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
1-KEYS: Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi fan sifatida. (ma`ruza – 2 soat)
|
|
|
Mashg`ulot shakli
|
Kirish-informatsion mavzu bo`yicha ma`ruza. Talabalar soni 60 nafar
|
|
Ma`ruza rejasi
|
1.Boshlang`ich sinflar o`qituvchisining uslubiy-matematik tayyorgarligi vazifalari.
2.Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi.
3.Matematika boshlang`ich ta`lim metodikasining predmeti. Matematika o`qitishda foydalaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari.
|
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi
|
O`quv kursi haqida umumiy tasavvurni berish.
|
|
Tayanch tushuncha va iboralar
|
Uslubiy-matеmatik tayyorgarlik, o`quv-biluv faoliyati, o`quv dasturi, o`quv rеja, darsliklar, uzluksiz ta'lim, davlat ta'lim standartlari, pеdagogik yo`l va matеmatik yo`l, pеdagogika, psixologiya, yosh psixologiyasi, natural son, to`plam, zamonaviy pеdagogik tеxnologiya, fanlararo bog`lanish, matеmatika o`qitish mеtodlari, matеmatika o`qitish vositalari, ta'limni tashkil qilish, umumiy mеtodika, maxsus mеtodika, aniq mеtodika, raqamlash, umumiy mеtodikaning xususiy masalalari
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |