uchastka komissiyasi a’zolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etadi;
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar o‘rnatadi, ularda komissiya faoliyatini har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi;
mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli referendum komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar asosida ro‘yxatga olishni tashkillashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek ularning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni tashkil etadi;
uchastka komissiyasi a’zolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini ta’minlaydi;
uchastka komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi;
o‘z vakolatlari doirasida uchastka komissiyasining boshqa a’zolariga topshiriqlar beradi;
“O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Uchastka komissiyasi raisining o‘rinbosari o‘z vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek u bo‘lmagan taqdirda, uning vakolatlari komissiya kotibi yoki uchastka komissiyasi qarori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
Uchastka komissiyasi kotibi:
uchastka komissiyasi majlislarini tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar bo‘yicha qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
uchastka komissiyasi a’zolarini komissiya majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qiladi;
uchastka komissiyasi raisi va rais o‘rinbosari topshiriqlarini bajaradi;
uchastka komissiyasining faoliyatiga taalluqli ish hujjatlarini nomenklatura asosida yuritadi;
okrug komissiyasi kotibidan SJBAT kirish uchun tegishli ma’lumotlarni oladi;
ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini SYaERdan yuklab oladi va komissiya raisiga taqdim etadi;
“O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.