Otmga kirish quyidagi bosqichlardan iborat: Taklifnoma olish



Yüklə 81,81 Kb.
səhifə4/20
tarix02.01.2022
ölçüsü81,81 Kb.
#42893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
0XZoWNIjDeAyTDwHq2fXmW3spEj9- ru

4. Hujjatlarni olib kelish

1) Qirg'iziston Respublikasiga kelib bo'lganizdan keyin, O'sh davlat universitetining bosh binosida joylashgan o'z vaqtida ro'yxatdan o'tish maqsadida Aholiga xizmat ko'rsatish markazining pasport va vizalarni rasmiylashtirish bo'limiga keling (Lenin ko'chasi,


331-uy, 2-qavat, 205-xona). Ro'yxatdan o'tish uchun sizga asl pasport va uning nusxasi kerak bo'ladi.

Muhim! Xorijiy fuqarosini ro'yxatga olish 3 kun ichida amalga oshirilishi kerak.

2) Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, O'sh davlat universitetining bosh binosida joylashgan Xorijiy talabalar bilan ishlash bo'limiga keling (Lenin ko'chasi, 331-uy,


1-qavat, 103-xona) va OTMga kirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim eting:

-fuqarolik pasporti (original);

-ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjat (original) va uning ilovasi (kolledj/littsey diplomi yoki maktab guvohnomasi);

-rus tiliga tarjima qilingan va O'zbekistondagi Qirg'izistonning elchixonasida notarial tasdiqlangan ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjat (kolledj/littsey diplomi yoki maktab guvohnomasi);

-Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirligi tomonidan berilgan ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatning ekvivalenti to'g'risidagi guvohnoma;

-O'sh davlat universiteti rektorining nomiga belgilangan shakldagi shaxsiy ariza (joyida beriladi);

-yuboruvchi mamlakatning sog'liqni saqlash idorasi tomonidan tasdiqlangan OIV kasalligi yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma;

-12 ta qora-oq rangli, matli 3x4 fotosuratlari.



Muhim! Ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjat belgilangan tartibda legallashtirilgan (apostil bilan tasdiqlangan) bo'lishi kerakligiga e'tiboringizni qaratamiz (legallashtirish to'g'risidagi ma'lumotni mamlakatingizning Qirg'iziston Respublikasi elchixonasida olish mumkin). MDH davlatlari ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlari legallashtirishga muhtoj emas.

Yüklə 81,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin