Oвid haydarov


partiyaga  tarafdorlarni  jalb  qilish  hamda  ularning  tarkibidan  partiya



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati


partiyaga  tarafdorlarni  jalb  qilish  hamda  ularning  tarkibidan  partiya 
a‘zolari  va  faollarini  tanlash  hamda  tayyorlash  chora-tadbirlarini  amalga 
oshiradi
1

Har bir mamlakat demokratik institutlarni, xususan parlamentarizm va 
ko‗ppartiyaviylikni  shakllantirishda  o‗z  yo‗liga  ega.  O‗zbekiston  ham 
bundan  mustasno  emas.  O‗zbekiston  tanlab  olgan  yo‗lning  o‗ziga  xosligi 
sobiq  sovet  totalitar,  yakkapartiyaviylik  tizimining  uzoq  vaqt  hukmronlik 
qilganligi 
bilan 
izohlanadi. 
Mustaqillikning 
ilk 
yillaridayoq 
yakkapartiyaviy diktatga barham berildi va ko‗ppartiyaviy siyosiy tizimni 
shakllantirish  maqsad  qilib  olindi.  Yakka  partiya  hukmronligi  bartaraf 
etilgandan  so‗ng  jamiyatimizda  siyosiy  plyuralizmning  vujudga  kelishi, 
siyosiy  partiyalarning  shakllanishi  bilan  bog‗liq  jarayonlar  shiddat  bilan 
boshlanib ketdi.  
1992  yil  8  dekabrda  O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul 
qilingandan  so‗ng,  siyosiy  partiyalarning  shakllanishi  uchun  muhim 
huquqiy  shart-sharoitlar  yaratildi.  Qisqa  fursat  ichida  mamlakatimizda 
                                                           
1
Қаранг:  Lapalombara  J.,  Weiner  M.  Origin  and  Development  Political  Parties  /  J.Lapolambara,  M.Weiner  (eds.) 
PoliticalPartiesandPoliticalDevelopment.Princeton; N.Y., 1966.P. 33-40. 


107 
 
huquqiy  asosda,  parlamentda  faoliyat  ko‗rsatuvchi  partiyalarning 
shakllanish jarayoni sodir bo‗ldi. 
Respublikamizda ko‗ppartiyaviylikning shakllanish jarayonini har biri 
muayyan  voqea  bilan  ajralib  turadigan  quyidagi  beshta  bosqichga  bo‗lish 
mumkin: 
1)  1991-1994  yillar:  yakka  partiyaviylikning  tugatilishi  va 
ko‗ppartiyaviylikning 
shakllanishi 
uchun 
zarur 
bo‗lgan 
shart-
sharoitlarining yaratilishi; 
2)  1995-1999  yillar:  ko‗ppartiyaviylikning  qonunchilik  asoslari 
yaratilishi  va  yangi  partiyalarning  tashkil  topishi.  ―Siyosiy  partiyalar 
to‗g‗risida‖gi 
(26.11.1996  y.),  ―Nodavlat  notijorat  tashkilotlari 
to‗g‗risida‖gi  (14.04.1999  y.)  O‗zbekiston  Respublikasi  Qonunlarining 
qabul qilinishi; 
3)  2000-2004  yillar:  siyosiy  tajriba  to‗plash  va  moliyaviy 
mustaqillikni  ta‘minlash,  doimiy  elektoratni  belgilab  olish.  ―Qonun 
loyihalarining  umumxalq  muhokamasi  to‗g‗risida‖gi  (14.12.2000y.), 
―O‗zbekiston Respublikasining referendumi to‗g‗risida‖gi (30.08.2001 y.), 
―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy 
tamoyillari  to‗g‗risida‖gi  (04.04.2002),  yangi  tahrirdagi  ―O‗zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to‗g‗risida‖gi  (29.08.2003  y.) 
O‗zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi; 
4)  2005-2006  yillar:  siyosiy  partiyalar  parlament  nazoratining 
kuchayishi, konstruktiv muxolifatning shakllanishi;  
5)  2007  yilda  to  hozirgi  kunga  qadar:  siyosiy  partiyalar  faoliyati 
―Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 
mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini 
kuchaytirish 
to‗g‗risida‖ 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
yangi 
Konstitutsiyaviy  qonuni  asosida  (11.04.2007  y.)  yanada  jadallashuvi, 
siyosiy partiyalarning O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‗zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi,  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
Kengashlariga  bo‗lib  o‗tgan  saylovlardagi  ishtiroki,  partiyalararo 
raqobatning kuchayishi.  
2004 yildan amal qila boshlagan ―Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish 
to‗g‗risida‖gi Qonun ham nihoyatda muhim qadamlardan biri bo‗ldi.  
Siyosiy  partiyalar  saylovlarda  ishtirok  etib,  tegishli  organlarga  o‗z 
vakillarini o‗tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok 
etadi.  Shu  bilan  birga  siyosiy  partiyalar  zamonaviy  jamiyat  tizimining 
muhim  qismi  bo‗lib,  ular  davlatning  siyosiy  yo‗nalishini  belgilashda 
ishtirok  etadi,  hukumatning  vakillik  va  ijro  etuvchi  muassasalarini 


108 
 
shakllantiradi.  Huquqiy  demokratik  davlat  qurish,  kuchli  fuqarolik 
jamiyatini  shakllantirish  jarayonida  ko‗ppartiyaviylikning  rivojlanishiga, 
mustaqil,  faol  aholining  keng  qatlami  tomonidan  qo‗llab-quvvatlanadigan 
siyosiy  partiyalar  va  boshqa  jamoatchilik  tashkilotlarining  shakllanishi 
uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi. 
Alohida ta‘kidlash kerakki, ―Davlat boshqaruvini yangilash va yanada 
demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy 
Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin