59
ma‘naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‗zbekiston
Respublikasi qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari ijrosini ta‘minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
1
2003 yil 29 - avgustda O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‗g‗risida‖gi yangi tahrirdagi qonuni
qabul qilindi.
Konstitutsiyaning 98-moddasi hamda yangi tahrirdagi qonunning 15-
moddasiga ko‗ra, Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi
va unga rahbarlik qiladi, uning samarari ishlashi uchun shaxsan javobgar
bo‗ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning
qarorlarini imzolaydi, boshqacha qilib aytganda Vazirlar Mahkamasi Raisi
funksiyalarining barchasini amalga oshiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan respublikada ijro
etuvchi hokimiyatning amalga oshirilishi to‗g‗risidagi konstitutsiyaviy
qoida hukumat maqomi, uning alohida huquqlarini, tarkibini, qonun
chiqaruvchi organlar, ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‗zaro
munosabatlari tarkibini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat
Prezident, Oliy Majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni, qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗lish asosida davlat
hokimiyatini amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‗zi
tashkil etadigan xo‗jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi,
ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta‘minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi o‗z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va
qonuniylik, O‗zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va
elatlarning manfaatini hisobga olish prinsipiga asoslanadi. Respublikada
yashovchi barcha millatlar manfaatlarini hisobga olish uchun o‗z
faoliyatini
oshkoralik, insonparvarlik va qonuniylik asosida olib boradi.
Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo‗yilgan o‗z tarkibiga ega.
Unga ko‗ra, Vazirlar mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi
o‗rinbosari va o‗rinbosarlari, O‗zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat
qo‗mitalarining
raislari,
davlat
va
xo‗jalik
boshqaruvi
boshqa
organlarining rahbarlari kiradilar.
Sud hokimiyati hokimiyatning uchinchi tarmog‗i bo‗lib, uning asosiy
vazifasi odil sudlovni ta‘minlash va amalga oshirishdir. O‗zbekiston
Respublikasida sud hokimiyatiga rahbarlikni O‗zbekiston Respublikasi
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1993 йил 5 сон. 202 модда. (янги тахрирда
«Халқ сЎзи» газетаси 2003 йил 29 август)
61
3.Qonunning ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining
muqaddas tamoyillaridan biridir.
Qonunga og„ishmay itoat etilgan
jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va yanada mustahkamlanadi.
Qolaversa, barcha demokratik institutlar, inson huquqi va erkinliklari
qonun vositasi bilan joriy etiladi. Qonunda xalqning irodasi, xohish va
istaklari, manfaat va intilishlari o‗zining ifodasini topadi.
Qonunga
Dostları ilə paylaş: