Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

 
INTERNET SAYTLARI 
  
1. www.president.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.xs.uz 
4. www.nimfogo.uz  
5. www.mahallakengashi.uz 
 
Mavzu: JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT 
ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGIIJTIMOIY 
SHERIKLIK 
 
Reja: 
1. Jamoatchilik nazorati tizimi, subyektlari, shakllari va turli ko‗rinishlari 
2. Jamoatchilik  nazorati  to‗g‗risidagi  qonunning  qabul  qilinishi  va 
ahamiyati 
3. Ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning talqinlari 


140 
 
Tayanch so‗z va iboralar: 
Jamoatchilik,  jamoatchilik  nazorati,  fuqarolik  nazorati,  sanksiyalar, 
ijtimoiy  sheriklik,  davlat-xususiy  sheriklik,  jamoatchilik  nazorati 
subyektlari, jamoatchilik nazorati ob‟ekti, jamoatchilik nazorati shakllari, 
davlat va jamiyat hamkorligi 
 
1.Fuqarolik  jamiyati  shakllanishida  fuqarolik  jamiyati  barcha 
institutlarining  o‗zaro  aloqadorlikda  ishlashi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Jamoatchilik  nazoratining  maqsadi  davlat  hokimiyati organlarining  aholi 
oldidagi  barcha  majburiyatlarini  qanday  bajarayotganliklarini  nazorat 
qilishdan  iborat.  Mamlakatni  modernizatsiyalash,  korrupsiyaga  qarshi 
kurash  kuchaytirilayotgan  hozirgi  sharoitda  jamoatchilik  nazoratining  roli 
beqiyos  darajada  ortadi.  Jamoatchilik  nazoratini  kuchaytirish  mamlakatda 
qonunchilikni ta‘minlashning kafolati vazifasini bajaradi.  
Jamoatchilik  nazorati  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishning  muhim 
sharti  hisoblanadi.  Jamoatchilik  nazorati  bo‗lmagan  yoki  jamoatchilik 
nazorati  yetarli  darajada  kuchga  ega  bo‗lmagan  mamlakatda  fuqarolik 
jamiyati  shakllanishini  ham  tasavvvur  qilish  qiyin.  Shuning  uchun 
Konstitutsiyamizda  jamoatchilik  nazoratining  mamlakatimiz  fuqarolari 
davlat  boshqaruvida  ishtirok  etishlarining  muhim  vositasi  ekani  e‘tirof 
etilgan. 
 
Jamoatchilik  nazoratini  tashkil  qilish  masalalarini  tahlil  qilishdan 
avval “jamoatchilik nazorati” tushunchasining turdosh tushunchalar bilan 
umumiy  jihatlari  va  tafovutlarini  aniqlab  olish  lozim.  Hozirgi  kunda 
matbuotda  va  ilmiy  adabiyotlarda  “jamoatchilik  nazorati”,  “ijtimoiy 
nazorat”,  “fuqarolik  nazorati”  kabi  atamalar  ishlatilmoqda.  Tahlil  shuni 
ko‗rsatmoqdaki,  mazkur  atamalar  ko‗pincha  sinonim  sifatida  va  ba‘zan 
noo‗rin qo‗llanilmoqda. 
 ―Jamoatchilik  nazorati‖  va  ―fuqarolik  nazorati‖  tushunchalari  bir-
biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o‗rtasida umumiyliklar bilan bir 
qatorda  jiddiy  tafovutlar  ham  mavjud.  Ular  o‗rtasidagi  tafovutlar  avvalo 
shundan  iboratki,  harbiy  yuristlarning  fikriga  ko‗ra,  fuqarolik  nazorati 
armiya  faoliyati  ustidan  jamoat  tashkilotlari  olib  borayotgan  nazoratni 
anglatadi.  Masalan,  bizning  mamlakatimizda  Mudofaa  vazirligi  qoshida 
tuzilgan  Jamoatchilik  kengashi  ana  shunday  nazoratni  amalga  oshiradi. 
Shu  ma‘noda  fuqarolik  nazorati  noharbiy  tashkilotlar  tomonidan  Qurolli 
kuchlar  faoliyatining  mamlakatimiz  qonunlariga  mosligi  va  maqsadga 
muvofiqligini  nazorat  qilishni  bildiradi.  Ikkinchidan,  fuqarolik  nazorati 
alohida  shaxslar  tomonidan  Qurolli  kuchlar  faoliyatining  Konstitutsiyaga, 


141 
 
xalqaro  shartnomalarga  mosligi,  shuningdek,  Qurolli  kuchlar  tizimidagi 
ijtimoiy masalalarning huquqiy me‘yorlarga mosligi ustidan o‗tkaziladigan 
nazoratni  ham  bildiradi.  ―Jamoatchilik  nazorati‖  va  ―fuqarolik  nazorati‖ 
tushunchalari  o‗rtasidagi  tafovut  xuddi  mana  shu  o‗rinda  ko‗rinadi. 
Fuqarolik nazoratini hech bir jamoat birlashmasiga a‘zo bo‗lmagan fuqaro 
ham  amalga  oshirishi  mumkin.  Jamoatchilik  nazoratini  esa  alohida 
fuqarolar  emas,  jamoat  birlashmalari  va  ularning  vakillari  amalga 
oshiradi. 
―Jamoatchilik nazorati‖ va ―ijtimoiy nazorat‖ tushunchalari o‗rtasidagi 
tafovut  avvalo,  shundaki,  ―ijtimoiy  nazorat‖  tushunchasi  mazmun 
doirasiga  ko‗ra  ―jamoatchilik  nazorati‖  tushunchasidan  kengroq.  Bu 
tushuncha tarkibiga ―jamoatchilik nazorati‖ tushunchasidan tashqari davlat 
nazorati  va  fuqarolik  nazorati  ham  kiradi.  Chunki  ular  ham  mohiyatan 
ijtimoiy nazoratning ko‗rinishlaridir.  
Jamoatchilik  nazoratiga  turli-tuman  ta‘riflar  berilgan.  Jamoatchilik 
nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta‘rifdan 
foydalanish  o‗rinliroq  bo‗ladi:  ―Jamoatchilik  nazorati  ―  jamoat 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin